Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Nazorat savollari: 
1. Rejalashtirish qanday xususiyatlarga ega? 
2. Tarbiyachining ish hujjatlarini sanang. 
3. Istiqbol reja qanday muddatga tuziladi? 
4. Haftasiga qisqa muddatli guruhlarda mashg‘ulotlar nimaga asoslanib 
tuziladi? 2-smenada-chi?
Topshiriq; Tarbiyachining ish hujjatlarinini tartib bilan yozing,har birini 
mazmun mohiyatini taqdimot orqali namoish qiling. 
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Ilk qadam” davlat o‘quv davturi, Toshkent-2018. 
2. Hasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. – Toshkent: 
Ilm ziyo, 2006. 
3. Qayumova N.M. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 
2013. 


31 
BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH SHAKLLARI 
VA METODLARI 
Tayanch tushunchalar: musiqiy-badiiy tarbiya, jismoniy tarbiya, psixologik 
xususiyatlar, etnopsixologik xususiyatlar. 
O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta`lim konsepsiyasida ham 
belgilangan bosh maqsad va vazifalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun 
yozilgan yangi dasturlar mazmunini amalga oshirishga qadar aniqlana boradi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolaning o‘sishidagi psixologik va 
etnopsixologik xususiyatlarga asosilanib, ta’lim-tarbiya tizimida odob estetik, 
musiqiy-badiiy, jismoniy tarbiyani birinchi uringa chiqarish, gramatikani bu qadar 
majburiy o‘rgatmaslik lozim bo‘ladi. Shunday yo‘l bilan maqsad asosida vazifa va 
usullar belgilanadi va rivojlantiriladi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash zarurki, 
davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda tub isloxotlarni olib 
bordi. Xususan, ta’lim sohasida tub islohotlar amalga oshirildi. «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi va ta’lim sohasidagi 
boshqa qonunlar buning yakqol dalilidir. Bulardan kuzlangan maqsad yoki 
davlatimizga kerakli bo‘lgan yetuk, har tomonlama kamol topgan barkamol 
shaxsni tarbiyalash va ularni jamiyatda uz o‘rnini topishga imkoniyatlar yaratib 
berishdan iborat qilib qo‘yilgan. Albatta, bu xayrli ishlarni ta’lim-tarbiyani birinchi 
bugini bo‘lgan oila, maktabgacha ta’lim tashkilotidan olib borish maqsadga 
muvofiqdir, deb ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday ekan, biz birinchi navbatda 
maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz, ularni yetuk malakali 
mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyalanayotgan bolalarni har 
tomonlama bilimli odob-axloqli qilib tarbiyalash bizning oliy maqsadimizdir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va 
vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, 
shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishni 
ta’minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yilgan 
davlat talablariga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va 
vazifalarning bajarilishiga erishish «Ilk qdam» davlat o‘quv dasturi asosida 
amalga oshiriladi. 
Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg‘urishi lozim. Shu bois 
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da 
mamalkatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning asosiy omili bo‘lgan 
kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. Soglom 
avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir. 


32 
Inson, uning har tomonlama uygun kamol topishi va farovonligi, shaxs 
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini 
yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish 
respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va 
harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual me`rosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va 
tehnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini 
shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan Dastur kadrlar 
tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni. har tomonlama kamol topgan, 
jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda 
tanlash va keyinchalik puxta uzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, 
psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va 
oila oldida uz javobgarligini his etadigan fukarolar tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni 
ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga 
tayyorladi.Maktabgacha ta’lim, bola 6-7 yoshga yetguncha oilada, hamda davlat va 
nodavlat (davlatga qarashli bo‘lmagan) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga 
oshiriladi. 
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi: 
- bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy 
qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; 
- bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish; 
- maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish 
mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash; 
- bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin 
ifodalash malakalarini shakllantirish. 
- bolalarning jismoniy va ruhiy sogligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga 
maqsad qilib belgilaydi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yasli va maktabgacha ta’lim yoshdagi 
bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek turli yoshdagi bolalar qabul 
qilinishi mumkin. 
Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi: 
- 3 yoshdan 4-5 yoshgacha – 20-25 ta. 
- 5-6 yoshdan 6-7 yoshgacha–25-30 ta. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari lari hududlarining demografik, ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, 
MTTlarini tashkil etish va tugatish Qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. 


33 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari lari ularning yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi 
turlarga bo‘linadi: 
- davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari; 
- nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari ; 
- qo`shma tipdagi maktabgacha ta`lim tashkilotlari ; 
- ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotlari. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish tartibi, ularni bir 
muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan chiqarish davlat
muassasalarida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, 
davlatga qarashli bo‘lmagan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarilarida esa, 
tashkilotning Ustavi bilan belgilanadi. 
Aqliy va jismoniy rivojlanishda kamchiliklari mavjud bo‘lgan bolalar 
uchun maxsus Maktabgacha ta’lim tashkilotlari yoki guruhlar tashkil etish ham 
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘grisida”gi Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. 
Har bir sohada bo‘lganidek, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida ham 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlar lariga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga 
hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan 
shug‘ullanish xuquqiga egadirlar. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vaqolati davlat 
organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab 
turish ta’minlanadi. 
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik 
vazifasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari turiga davlat talablaridan kelib chiqqan 
holda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg`or pedagogik va 
axborot tehnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, 
metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni 
ta’minlaydi. 
Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, 
hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof pedagogikasi asosida 
ko‘riladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat 
talablariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga integral tarzda ta’lim-
tarbiya berish maqsadida tayanch dasturlari takdim etilmoqda. Bu tayanch 
dasturlari bugungi kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalariga jalb 
etilmagan 3 milliondan ortiq bolani ham rivojlantirish va yagona davlat talablari 
asosida maktabga tayyorlash imkonini beradi. Ta’lim-tarbiya jarayoni yakunida 
mustaqil fikrlaydigan, erkin, bilimli, bir suz bilan aytganda barkamol shaxsni 


34 
voyaga etkazish asosiy maqsad qilib belgilandi. Bu uzluksiz ta’lim tizimining ilk 
turi-maktabgacha ta’limga o‘ziga xos yondoshuvni talab etar edi. 
Bola dunyoga kelgan kundan boshlab, davlat va jamiyat hamda ota-ona 
zimmasiga uni soglom, aqlli, xush xulqli qilib tarbiyalash vazifasi quyildi. 
Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, so‘ng ta`limiy faoliyatlar, 
o‘yinlar va boshqa faoliyatlar orqali amalga oshirildi. Bola har doim buyumlar, 
hodisalar orasida bo‘ladi. Doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, 
ushlab kuradi, nimagadir quloq soladi, shu tarzda bola dunyoni anglaydi. Tevarak-
atrof buyum va narsalar bolalarining sezgi organlariga, analizatorlarga ta’sir etadi 
va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga yordam 
beradi. Bolada aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, eng oddiy faoliyat 
usullari predmetlarini tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni 
ajratib ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha ta`lim 
yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. 
Bu ko‘nikma, malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlarga bo‘lib, bola 
bilimlarni chuqur egallab olishga yordam beradi.
Pedagogika, psixologiya fani aqliy tarbiya vazifalarini samarali hal etish, 
birinchi navbatda, bolaning imkoniyatlarini to‘g‘ri foydalanishni, ikkinchi 
tomondan bola organizmining charchashiga sabab bo‘ladigan ortiqcha zo‘riqish 
bo‘lmasligi kerak, degan fikrni ilgari suradi. To‘g‘ri tashkil etilgan faoliyat 
jarayonidagina to‘laqonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi. Shu sababli pedagoglarning 
vazifasi muayyan maqsadni ko‘zlab, tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun kerakli 
sharoitni yaratish bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali so‘ng ta`limiy 
faoliyatlari va boshqa faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Bolalarni maktab 
ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli kattadir. Bolani bilimlarini egallab 
olishlari, ularni aqliy faolligini rivojlantirish, aqliy malaka va ko‘nikmalarini 
egallab olishlari, ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlari uchun, bo‘lajak 
mehnat faoliyatiga tayyorlanishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta`lim 
yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilar:
1. 
Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ilmiy 
dunoqarashini shakllantirish. Bola tevarak- atrofdagi narsalar, ularning vazifasi, 
sifati, xossalari haqida, qaysi materiallardan foydalanganligi, tayyorlanganligi 
to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. 
2. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, 
tafakkur, nutq va boshqalar. Bilimga doir nutqni rivojlantirish aqliy tarbiyaning 
erkin vazifasidir. 
3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni, aqliy mehnat madaniyatini
rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlning 
sinchkovligini rivojlantirish va shu asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat. 


35 
4. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni oddiy faoliyat usullari, 
predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib 
ko‘rsatish boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha yoshdagi bolalarga 
aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. 
O‘simlik va hayvonlar bilan tanishish bo‘yicha tizimli mashg‘ulotlar olib 
borilgandan keyin bolalar o‘simlik, yosh hayvonlar to‘g‘risidagi ma’lum bir 
tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ngra bolalardagi aqliy ko‘nikma, malakalarni 
rivojlantirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan o`yinli ta`lim faoliyatini 
o‘tkazishni rejalashtirish mumkin. Bular quyidagilar: 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin