37
“ILK QADAM” DAVLAT DASTURI ASOSIDA BOLALARNI
SAVODGA O‘RGATISH
Tayanch tushunchalar: ta’lim-tarbiya, aqliy tarbiya, ma’naviyat, tug‘ma
layoqat, ruhiy tarbiya, rivojlanish, qiziqish, ehtiyoj, minimal talablar, “Men”
konsepsiyasi, omil, nutq, o‘qish, savod, tayyorgarlik.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy
vazifalari. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya
berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan
shakllantirish, ularning tug‘ma
layoqati, ruhiy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji va
imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida
muntazam ta’lim olishga (maktabga) tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga
tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan
maqsad va vazifalarning bajarilishi ushbu “Maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” orqali nazorat qilinadi.
Davlat
talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya mazmunining
asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan
minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib, u davlat hujjati sifatida e’tirof etiladi.
Davlat talablari ko‘rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy
buyurtmasi, ota-onalar, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog‘lomligi,
qobiliyati, ruhiy rivojlanishi va imkoniyatlari, ya’ni bola shaxsining
ustuvorligidan
kelib chiqiladi.
Bola kishilik jamiyatining sog‘lom va faol a’zosi bo‘lib yetishishi
uchun odamlar orasida yashashi, insoniyat hayoti va mehnati jarayonida ko‘p
asrlardan
buyon to‘plab kelinayotgan bilimlarni egallab borishi, kattalar tarbiyasida
bo‘lmog‘i lozim. Bolaning
xotirasi va kuzatuvchanligi, diqqati va tafakkuri, his-
tuyg‘ulari va irodasini mashq qildirish kabi faoliyatlar, odatda murabbiy va
tarbiyachilar tamonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
shaxsining ayrim xususiyatlarini
rivojlantirishda bu faoliyatning mazmuni va uning
qay darajada
uyushtirilganligi katta ahamiyatga ega. Chunki to‘g‘ri tashkil etilgan
faoliyat
davomida, atrofdagi kishilar bilan kundalik munosabatda bolaning aqliy,
jismoniy va axloqiy rivojlanishi takomillashib boradi. Shuning uchun ham bolalar
faolligini bilish, bolada foydali odatlarni
shakllantirish, ijobiy xarakter belgilarini
rivojlantirish ota-onalar va tarbiyachilarning asosiy vazifasidir. Bugungi maktab
bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattalar va tengdosh
o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning
uchun, bola maktabga qadam qo‘yayotganida qanchalik
bilimga ega ekanligi emas,
balki uning yangi bilimlarni
egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi
ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil harakat
qilishi muhimroq hisoblanadi. Bolani biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z
38
kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir
qarorga kelish hamda unda “Men” konsepsiyasini shakllantirish ham muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasida “Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risi”da
Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota-onalarning mustaqil
ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida,
shuningdek, tashkilotga jalb
qilinmagan bolalar
uchun maktabgacha ta’lim mtashkilotlarida, maktablarda, mahallalarda tashkil
etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.Maktabgacha yoshdagi bolaning
maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning
hayoti, ahloqi, qiziqish va munosabatlarida
jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga
chiqaradi. Shuning uchun, maktabgacha yoshdagi
bolani maktabgacha ta’lim
tashkiotida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash,
bolaning
yosh xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish
kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan
xalos bo‘lishga yordam beradi. Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok,
kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami,
ijtimoiy
hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: