Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Bu 
kabi 
talablarni 
bajarishda 
quyidagi 
ko‘rsatkich 
(indikator) larga e’tibor qaratiladi: 

Bola musobaqalar va munozalarda ishtirok etadi va u erda eshitgan 
ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajaradi. Ayrim maxsus so‘zlarning ma’nosini tushunadi 
(shifokor 
bolalarni 
davolaydi, 
o‘qituvchi 
bolalarni 
o‘qitadi…). 
Boshqalardan 
yoki 
radio, 
televizor, 
teatrda 
eshitgan 
hikoyalarni 
osonlikcha bayon qiladi. 

Ona tilini juda yaxshi biladi, oddiy, umumiy foydalanishdagi gaplar 
yordamida fikrini ifodalaydi. 

Mavjud til tizimi (tovush, so‘z, gap) to‘g‘risida elementar (oddiy) 
tasavvurga ega.

So‘zdan tovushni, unli va undosh tovushlarni ajrata oladi. 

Narsalarning nomlarini to‘g‘ri aytadi, bir-biri bilan solishtirib, ayrim 
farqlarini tushunadi. 

O‘z nutqida uyushiq bo‘laqli, sodda, yoyiq va qo‘shma gaplarning turli 
xillaridan foydalana oladi. 

O‘yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuza oladi. 

Shaxsiy tajriba, mazmunli rasmlar asosida hikoya tuza oladi. 

Gaplarni grammatika jihatdan to‘g‘ri tuza oladi. 

Surat (rasmlar) bo‘yicha mazmunli hikoya tuzadi. 

Umumlashtiruvchi so‘zlar, antonimlar, solishtirmalardan foydalanadi. 

Harakatlarni rejalashtirish uchun nutqdan foydalanadi. 

O‘z tuyg‘ulari va niyatlarini nutqli ifodalab, tengdoshlari va kattalar 
bilan muloqotda ishtirok etadi. 

Turli hikoyalarni so‘zlab beradi, hikoyalarni o‘ylab topishga harakat 
qiladi, qofiya va so‘z o‘yiniga qiziqish bildiradi. 

Kitoblar, teleko‘rsatuvlardan nutqning turli parchalarini yodlab oladi 
va ishlatadi. 
Ushbu ko‘rsatkichlarni amalga oshirish uchun tarbiyachi ta’limga 
quyidagicha yondashuvi nazarda tutiladi: 

Musobaqa, munozara va boshqa tadbirlarni tashkil etishi, savollar 
berishi va bolani to‘g‘ri javob berish yoki ko‘rsatmalarni bajarishga 
yo‘naltirishi lozim. 


41 

Bolalarning yangi so‘zlardan foydalanish va ularning ma’nosini bilish 
istaklarini rag‘batlantirishi kerak. 

Bolaga muntazam ravishda hikoyalar aytib turishi, teatrga olib borishi, 
bola bilan ko‘rganlarini muhokama qilishi lozim. Rasmga qarab mazmunli hikoya 
tuzishga, nutqni rivojlantirish bo‘yicha maxsus trening va o‘yinlarni o‘tkazishga 
yordam berishi, qofiya va so‘z o‘yinlari, she’rlarni ifodali o‘qish, ertaklarni aytib 
berish, shaxsiy hayotdan hikoya tuzishlariga ko‘maklashishi kerak. 

Bolani ijodiy dramatik, rol ijro etish o‘yinlarida ishtirok etishga jalb 
qilishi lozim. 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin