Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


BOLALARNING MAKTABDA TA’LIM OLISHGA TAYYORLIGINI



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

BOLALARNING MAKTABDA TA’LIM OLISHGA TAYYORLIGINI 
TASHXISLASH USULLARI 
 Tayanch so‘zlar: tashxislash, aqliy rivojlanish, Kern-Irasek, «Grafik diktant», 
yo‘riqnoma, suhbat, kuzatish, ko‘nikma, tayyorgarlik,discomfort, yondashish,omil. 
Bolalarning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash usullari. 
Bolaning maktabda ta’lim olishga tayyorligini tashxislash bu tekshiruv juda zarur. 
U oila uchun bolaning qaysi jihatlariga tuzatish (agar u zarur bulsa) kiritishda, olti 
yoshlining muvaffaqiyatlari va kamchiliklariga qanday yondashishda, shu 
maqsadda u tarbiyachilarga, qolaversa, 1-sinf o‘qituvchilari uchun ham kerak. 
Bolani o‘qitish uchun uni har tomonlama bilish kerak. Afsuski, bugungi kunda 
tashxis tizimining takomillashmaganligi, o‘zini oqlamagan turli xil shakllarni 
ko‘pligi ta’lim muassasalarining hamda ota-onalarning bolalarni maktabga 
tayyorlash borasida faoliyatini qiyinlashtirmoqda. Masalan, ayrim maktablarda 
bolalarni birinchi sinfga olishda bolaning maktabga tayyorgarligini 
belgilovchi asosiy ko‘rsatgich sifatida tez o‘qish ko‘nikmasi (bir minutda 50-70 va 
undan ham oshiq so‘z) ilgari surilmoqda. Vaholanki, bu ko‘nikma maktabgacha 
ta’lim davlat dasturiga kiritilmagan. Agar bola tez o‘qishga o’rgangan bo`lsa 
yomon emas, biroq bu maktabga borishdagi shartli talab sifatida qabul qilinmasligi 
kerak. 
Tashxis o‘tkazish, bolaning rivojlanganligi va maktabda ta’lim lishga 
tayyorgarligi darajasini aniqlash maqsadida turli usullarning bir necha variantlari 
berilmoqda. Biroq bu har bir bolaga tashxis qo‘yishda maskur uslublarning 
barchasini qo‘llash zarur, degani emas. Bolani tashxisdan o‘tkazishni 
majburiylikka asoslanmagan, ishonchli suhbat 
yoki o‘yin tartibida olib borgan 
ma’qul. Toki bola o‘zini tekshirila
yotganligini sezmasin. Bolani berilgan 
savollarga 
javob 
berv
yotganda 
shoshirmaslik, 
uning 
qiziqishini 
so‘ndirmaslik uchun suhbat va tavsiya etila
yotgan o‘yinlardan 2-3 tasini o‘tkazgan 
ma’qul. Bir marta tashxis o‘tkazish vaqti 20-25 daqiqadan oshmasligi lozim. 
Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar uchun majburiy 
bo‘lgan hamda ota-onalarning ham bolani maktabga tayyorligini aniqlash va bola 
rivojlanishidagi ayrim jihatlarni chuqurroq yechishlariga imkon beruvchi asosiy 
tashxislash usullarining asosiylarga quyidagilar kiradi:
1. Bolaning sog‘ligi va jismoniy rivojlanganligi holati tashxisi.
2. Shaxsiy – psixologik va aqliy rivojlanganlik tashxisi: - tashxislovchi kirish 
suhbati;
- Kern-Irasek tizimi bo‘yicha tashxislar;
- Venger metodi bo‘yicha tashxislash ( grafik diktant ). 
3.Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: 


52 
- bolalarning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlovchi savolnoma 
(mativatsion tayyorgarlik);
- bolalarning matematik tushunchalarini aniqlovchi savolnoma; 
- bolalarning ogzaki savodxonligi va nutqi rivojlanganligini aniqlovchi 
savolnoma. 
4. Tekshirishning qo‘shimcha shakllari: 
- ko‘rish xotirasi; 
- eshitish xotirasi; 
- mazmun xotirasi; 
- tasavvuri va ijodiy fikrlashining rivoji; 
- ogzaki – mantiqiy fikrlash rivoji; 
- ma’lum joyda, hududda mo‘ljal olish rivoji; 
- matematik tushunchalari rivoji; 
- tasvirlash faoliyati bo‘yicha ko‘nikma va uddalashi rivoji; 
- o‘zi va o‘zining tasvirlash faoliyatiga munosabatini ifodalash. 

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin