48
evaziga bolalar ham kattalarga, o‘qituvchilarga, shu vaziyatga mos ravishda
munosabatlarni namo
yon qiladi. Agar bolada kattalarga nisbatan bunday
munosabatlar shakllanmagan bo`lsa, unga mos ravishda kattalarga nisbatan ham
tegishli
munosabat yuzaga kelmaydi, bu esa, albatta, bola bilan olib boriladigan
ta’lim jara
yonini murakkablashtiradi. Ota-onalar har bir bola ruhiy rivojlanishida
o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi va bu xususiyatlar ularning u
yoki bu
faoliyat turini egallashida namo
yon bo‘lishini yodda tutishlari lozim. Ba’zi bolalar
endigina birinchi so‘zlarni o‘zlashtirganlarida ularning tengqurlari allaqachon
ma’lum bir iboralar bilan gaplasha oladigan bo‘ladilar. Ta’lim jara
yonida bola
imkoniyatlarining namo
yon bo‘lishi ma’lum darajada nasliy omillar bilan ham
bog‘liq dir. Bolalar o‘z temperament xususiyatlariga ko‘ra
ham bir-birlaridan
ajralib turadilar:
Xushchaqchaq, sergap, quvnoq, hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga tez
moslasha oladigan bolalar –
sangvinik temperamentga mansub bo‘ladilar.
Ko‘pincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgap, sust bolalar –
melanxolik temperamentga kiradilar. Xotirjam, befarq, kamharakat,
nutqi sust
bolalar –
flegmatiklardir. Jahldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar –
xolerik
hisoblanadilar. Bolalar kattalarning
yordamiga muhtoj bo‘lishiga qarab ham bir-
birlaridan farq qiladilar. Ba’zi bolalar biror xatti-harakatni bajarishni bir necha
marta ko‘rsatish, tushuntirish, ketidan ergashtirish kerak.
Boshqa bolalarga esa
bajariladigan ish bir marotaba ko‘rsatilsa yetarli bo‘ladi. Shunday bolalar ham
borki, ular berilgan vazifani mustaqil bajaradilar. Bolalar o‘zlarini qiziquvchanlik,
aqliy faolliklariga qarab ham bir-birlaridan ajralib turadilar. Ba’zi bolalar ko‘p
savol beradilar va harakatchan bo‘ladilar, ba’zi bolalarni esa hech narsa
qiziqtirmaydi. Ota-onalar bolalaridagi o‘ziga xosliklarni qanchalik chuqur bilsalar,
ularga o‘rgatishni muvaffaqiyatli tashkil qila oladilar. Bolalarning maktabga
psixologik tayyorgarligi keng va mukammal bo‘lib rivojlangan bo‘lishi darkor.
Bolalarga qanchalik yaxshi bilim bersak, o`ylaymanki
ular kelajakda Vatanga
sadoqat ruhida, yetuk inson bo‘lib etishadilar. Demak, tarbiyachi bola
shaxsida axloqiy his-tuyg`ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni
qo‘llasa, yaxshi xulq namunalarini o‘rgatish ancha oson kechadi.
Dostları ilə paylaş: