Bolalarni
maktabga
tayyorlashda
salomatlik
va
jismoniy
rivojlanganlikning ahamiyati. O‘qish uchun bolalar anchagina jismoniy va aqliy
kuch sarflashlari kerak. Shuning uchun ota-ona bola maktabga borguniga qadar
uning to‘g‘ri jismoniy rivojlanishi va sog‘lom bo‘lib o‘sishi g‘amxo‘rlik qilishi
juda muhimdir. Bola hayotining rejimi. Odatda, sog‘lom bola kasalmand va zaif
bolaga nisbatan maktab rejimiga va butun dars davomida o‘zida jush urib turgan
g`ayratlarini tiyib jim utirishga tezroq ko‘nikadi. Har bir bola aniq kun tartibiga
ongli ravishda rioya qilishiga bog‘liq . Bolani maktab rejimiga tayyorlashda, uning
49
sogligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda o‘rindan turish, ovqatlanish va
uyquga
yotishga aniq rioya qilinishi kerak. Har bir oila mehnat faoliyatining
xarakteri, maishiy sharoiti, bolalarning soni va shu kabilarga o‘z yashash tartibini
o‘rnatadi. Biroq siz bir narsani, ya’ni maktabgacha
yoshdagi bolaning nonushtasi
va tushligi o‘rtasidagi oraliq 4 soatdan oshmasligini, tushlik va kechki ovqat
o‘rtasidagi oraliq – bir oz kattaroq (6-7 soat), buning orasida yengil ovqatlanish
kechki
choy
bo‘lishi
kerakligini
unutmasligingiz
kerak.
Bolaning bir sutkadagi uyqusi taxminan 11 soatni tashkil qilishi kerak. Bola
tushlikdan so‘ng 1-1,5 soat dam olishga odatlansin. Kechqurun u doimo bir vaqtda,
ya’ni 9 dan kechikmay uxlagani yotsin. Bola miriqib uxlasin desangiz, quyidagi
qoidalarga rioya qiling:
- bola uxlaydigan xonani yaxshilab shamollating;
- bolani uxlashga
yotishdan oldin tishini tozalashga, yuz-qo‘li, buyni, oyogini
yuvishga odatlantiring;
- bolaga o‘rinda nonushta qilishga aslo yo‘l qo‘ymang;
- bolaning me’yoriy rivojlanishi uchun u toza havoda ko‘p harakat qilishi
kerak. Tengdoshlari bilan chopsin, sakrasin, narsalarga tirmashib chiqsin. Bola
ochiq havoda kish oylarida 4 soatdan kam bo‘lmasin,
yozda esa deyarli butun
kunini ochiq havoda o‘tkazsin. Bolaga kun bo`yi tinim bilmay lakillab yurishga
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, bunday ortiqcha o‘ynoqilikdan bola maktabning talabchan
intizomiga ko‘nikishi qiyin bo‘ladi. Harakatli o‘yinlarning tinch faoliyatlar bilan
almashinib turishini kuzatib borish zarur. Bolaning kundalik rejimga amal qilishi
uchun asosan, qat’iy nazorat lozim. Bola kundalik rejimni bajarish majburiyligiga
va hech qanday gap, iltimoslar, ma’lum vaqtda ovqatlanmaslik hamda
o`ynamaslikka sabab bo‘la olmasligiga ko‘nikishi kerak. Shu bilan birga rejimning
zarurligi va uning foydasini doimo tushuntirib borish lozim. Masalan: “Ertalabki
badantarbiya mashqlarini yaxshi bajarding, endi kun bo‘yi tetik
yurasan”,”Barakalla, gullarni tozalab yaxshi qilibsan. Menga ancha
yordam
ing
tegdi”,”O‘z vaqtida ovqatlansang, tez o‘sasan hamda, kasalga chalinmaysan” va
shu kabilar. Rejimning qimmati bola faoliyatining har xil turlarining almashinib
turishini ta’minlashdir, bu esa
yosh, o‘suvchi organizmni charchashdan saqlaydi,
bolaning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi. Masalan, bola rasm
solishga qiziqib ketib, stoldan 40 daqiqa davomida turmadi, lekin u faol harakat
qilishi, ya’ni o‘ynashi, chopishi kerak. Shuning uchun u o`ynab bo‘lganidan
keyingina unga tinch o‘yin
yoki mashg‘ulotni tavsiya qilish mumkin. Agarda ish
shu yusinda ketsa, bola shunday tartibga rioya qilsa, u qay darajada bo‘lmasin asta-
sekin o‘z faoliyatini boshqarishga odatlanadi, bu uni kundalik va maktab
rejimining
asosiy
qoidalariga
osongina
ko‘nikishida
katta
50
ahamiyatga egadir. Olti yoshli bolaning kundalik rejimi taxminan quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: |