43
nomi, tuzilishi, shakli, rangi, xususiyatlari hamda erta o‘qish, sanash, turli material
va asboblar bilan tanishish va ishlash kabilar katta ta’sir ko‘rsatadi.Kishi o‘z
faoliyatida bor bo‘lgan imkoniyatlaidan qancha ko‘p foydalansa, uning
qobiliyatlari ham shunchalik rivojlanadi. Bu imkoniyatlardan foydalanish bolaning
ilk
yoshligidan boshlansa, oson amalga oshadi. Bu vaqtda olamni bilish jarayoni
juda intensivlik bilan kechadi. Bunda kichkintoy har qachongidan ko‘proq ijod
bilan shug‘ullangan va ko‘pgina yangi vazifalarni mustaqil echishga majburdir.
Ayniqsa, bolalar oldiga muammoli vaziyatni qo‘yish, ularni ijodiy qobiliyatini
rivojlantirishga katta yordam beradi. Shuning uchun matematika ta`limiy
faoliyatlari o‘yin va qiziqarli masalalar orqali uyushtirilsa yaxshi samara beradi.
Jumladan:
- ta’lim jarayonini osonlashtiradi;
- bolani chuqurroq bilim olishga undaydi,
- bolalarni ijodiy qobiliyatlarini o‘stiradi,
- matematika bo‘lgan
qiziqishini oshiradi,
- bolalarning tez fikrlash, tasavvur qilish, o‘qish malakasini rivojlantiradi
.
Matematik o‘yinlar bolalar bilimini boyitishga,
ularning aqliy faoliyatini
o‘stirishda,
bola
hayotining
rivojlanishiga
yordam
beradi.
Ta`limiy faoliyat jarayonida raqamlardan foydalanib masalalar tuzishda
ularning qatori qancha o‘xshash bo‘lsa shuncha bolalar chalg‘ishadi. Shuning
uchun
raqamlarni
juft-juft
qilib
berish
maqsadga
muvofiqdir.
Masalan, 5 raqami, 5 ta olma, 10 raqami undan ko‘proq olmani bildiradi
deb ko‘rsatilganligi tushuntiriladi. Bolalarni qabul qilishi, tushinishi va esda saqlab
qolishi osonroq bo‘ladi. Bolalar masala echishni juda yaxshi ko‘radilar. Bu borada
ham aniq tartibga amal qilish kerak. Dastavval ular syujetli masalalarni o‘ylab,
yechadilar: Ona 15 ta qurt sotib olib, 5 ta qurtni qo‘shnisiga berdi.
Nechta qurt
qoldi? Bu kabi topshiriqlar bolalarni o‘ylashga, fikrlashga undaydigan
masalalar, o‘yinlar, topishmoqli boshqotirmalar tafakkurni o‘sishiga, ularni har
tomonlama rivojlantirishga ta’sir etuvchi vosita hisoblanib, muammoli vaziyatlar
yaratish imkoniyatlarini kengaytiradi, bolalarning kattalar bilan muloqotni tashkil
etishga yordam beradi. Bolalarning bilishga doir psixik jarayonlari: diqqat,
tafakkur, idrok,tasavvur, xotira,
shuningdek, o‘qish, yozishga doir malaka va
ko‘nikmalarini boyitib borishga doir quyidagi mashq va mashg‘ulotlarni tavsiya
etish mumkin:
Dostları ilə paylaş: