Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


O‘qish malakalarini egallash nomli kichik sohada quyidagicha talab



Yüklə 1,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/82
tarix12.10.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#64950
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

O‘qish malakalarini egallash nomli kichik sohada quyidagicha talab 
qo‘yiladi: 
Bola bosma materiallarga qiziqish bildiradi, harflar va ramzlarni 
ajrata oladi. 
Bola yozish ko‘nikmalarini o‘rganadi. Oddiy tahlil va sintez qilish 
ko‘nikmalarini rivojlantirish. Indikatorlar (ko‘rsatkichlar): 

Ko‘p vaqt davomida kitob bilan o‘tirib, uni tomosha qilishi mumkin
kitobni to‘g‘ri holatda ushlaydi.

Ayrim 
ma’lumotlarni 
yig‘ish 
uchun 
kitoblardan 
foydalanadi. 
Bir necha mashhur asarlar va adabiy qahramonlarni aytib berishi 
mumkin. 

Adabiy asarlarning ayrim parchalarini so‘zlab beradi. 

Alifboni biladi. 

Bo‘g‘inlar bo‘yicha o‘qishi mumkin. 

Yozishning barcha elementlarini biladi (ilmoq, gajak, chiziqchalar, 
tayoqchalar). 

Yozish ko‘nikmalarini o‘rganadi. 

Namunadan 2-3 ta so‘zlarni olib yozadi va chizadi. 

O‘z ismini va 2-3 ta so‘zlarni bosma harflarda mustaqil ravishda yozadi. 

Gapni so‘zlarga bo‘ladi, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ladi. 

Ma’lum tovushlarning o‘rnini aniqlay oladi (so‘zning boshida, o‘rtasida va 
oxirida).

So‘zda tovushlar ketma-ketligini aniqlaydi. 

Bo‘g‘inlardan so‘zlar, so‘zlar ishtirokida gap tuza oladi; 

Tovushlarni eshitib farqlay oladi.
Tarbiyachilar pedagogik tajribaga ega bo‘lsalar, o‘z tarbiyalanuvchilarining 
psixologik rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilsalar, albatta, bolalarda ijobiy 
o‘zgarish bo‘lishiga erishadilar. Chunki, o‘qitish va tarbiyalash tajribasi boladagi 
tug‘ma xarakter belgilarini o‘zgartirishda g‘oyat katta imkoniyat manbaidir. Lekin 
bunday o‘zgarishlarning chegarasi va pedagogdan talab qilinadigan mehnat 


42 
o‘lchovi, albatta, xilma-xildir. U yoki bu bola shaxsining o‘ziga xosligini, uning 
boshqa odamdan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasi 
individuallikdir. Individuallik temperamentda va xarakter xususiyatlarida
odatda,qiziqishda, bilish jarayonlariga oid fazilatlarida (idrok, xotira, tafakkur
tasavvur) qobiliyatda, faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon 
bo‘ladi. Psixolog suhbat davomida bolaga qilinayotgan ishning maqsadi va natijasi 
haqida ma’lumot berishi, suhbat mazmuni sir tutilishini aytishi va o‘z navbatida 
bunga qat’iy amal qilishi lozim. Suhbat davomida tashqi muhit ta’siri ham 
e’tiborga olinishi zarur, chunki tinch va osoyishta muhit bolada o‘z kuchiga 
ishonish hissinn tug‘diradi, jiddiylikka da’vat etadi, qolaversa, muomala 
madaniyatiga o‘rgatadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olti yoshli bolalaning 
dastlabki kundan boshlab maktab sharoitiga moslash jarayonini o‘rganish muhim 
sanaladi. Ko‘pgina hollarda olti yoshli bolalarda bilish jarayonlarining yetarli 
darajada rivojlanmaganligi, ijtimoiy moslashuvning shakllanmaganligi ta’lim 
jarayonida qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Ta`limiy faoliyatlar bolaning 
bilishga doir psixik jarayonlari: diqqat, tafakkur, idrok, tasavvur, xotira, 
shuningdek, o‘qish, yozishga doir malaka va ko‘nikmalarini boyitib borish kabi 
aqliy imkoniyatlarining ta’lim talablariga munosib tabiiy shakl, o‘yinlar yordamida 
rivojlantirib borishini ta’minlaydi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin