Ekskursiyalarni uyushtirish. Ekskursiyadan ta`limiy faoliyat turi sifatida
o‘rta, katta, hamda tayyorlov guruhlarida foydalaniladi. Har bir ekskursiya uchun
barcha bolalar egallashlari shart bo‘lgan dastur mazmuni belgilanadi.
Kundalik hayotdagi ish. Ta’limiy faoliyat va ekaskursiyalardagi
kuzatishlarni kundalik hayotdagi, shuningdek, boshqa shakllari bilan uzviy aloqada
olib boriladi.
Sayrlar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun sayrlardan keng
foydalaniladi. Sayrlar vaqtida tarbiyachi bolalar tasavvurining shakllanishi uchun
o‘zok muddat talab qilinadigan tabiat hodisalari bilan tanishtirish imkoniga ega
bo‘ladi. Bolalarni qorning erishi, kurtaklarning bo‘rtishi, maysaning paydo bo‘lishi
va shu kabilar bilan tanishtiriladi. Sayrlarda tabiiy materiallar kum, loy, suv, muz,
barg, va shu kabilar bilan xilma-xil o‘yinlarni tashkil etish mumkin.
Maktabgacha
yoshdagi bolalarda sezgi tajribasi yig‘ladi, ular tabiat
hodisalarini barcha aloqa va munosabatlarda tabiiy sharoitlarda ko‘radilar.
Sayrlar bolalarda qiziqish uyg‘otadi, ularga katta quvonch, tabiat bilan
munosabatda bulish esa lazzat baxsh etadi. Maktabgacha
yoshdagi bolani tabiat
bilan tanishtirish orqali bolaning har tomonlama bilimlarini egallashi psixik
jara
yonlarning rivojlanishi, qobiliyatlarini o‘sishi, ilmiy dunyoqarashini
shakllanishi, axloqiy sifatlarni, ijobiy xulq odatlarini o‘zlashtirilishi estetik
hissi
yotlarni rivojlanishiga erishishda yordam beradi. Tabiatning go‘zalligi
bolalarda chuqur hissi
yotlar uyg‘otadi, o‘chmas taassurot qoldiradi, estetik
hissi
yotlarning o‘sishiga yordam beradi. Shu asosda ona tabiatga muhabbat, unga
ehti
yotkorona munosabatda bo‘lish, vatanga muhabbat shakllantirib, tabiatni
o‘rganishga qiziqish (jonli va jonsiz tabiatga) o‘sadi.
Tasviriy faoliyat ta’limiy faoliyatlari orqali bolalarni maktabga