128
Ijodkorlik (kreativlik) – bolalarni maksimal darajada ijodiy ibtidoga, o‘z
ijodiy faoliyati tajribasini egallashga yo‘naltirish
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta
o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida
barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
Illyustratsiyali masalalar – rangli rasmlar va o‘yinchoqlardan foydalanib
bajariladigan masalalar.
Individual yondashish tamoyili – bolalarning yosh xususiyatini,
qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib
chiqadigan tamoyil va bu tamoyil matematikani o‘qitish davomida amalga
oshirilishi shart.
Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy
voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv.
Ilmiy qarash (yunoncha «idea» - g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) -
muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr,
g‘oya.
Individ – (lotincha «individium» bo‘linmas, yagona, alohida degan
ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta
oluvchi biologik mavjudot.
Individuallik – shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari.
Iqtisodiy ta’lim - o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila budjetini
shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish,
savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy
bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Dostları ilə paylaş: