“Bumerang” tehnologiyasi – o‘quvchini mashg‘ulot va mashg‘ulotdan
tashqari jarayonlarda turli o‘ quvadabiyotlari, muammolitajriba bajarish mazmuni bilan tanishtirish, fikrni erkin bayon etish hamda muayyan tajribani bajarish
davomida uni baholashga qaratilgantehnologiya. Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar
ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar
majmui.
Bilish - obyektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni
o‘zlashtirish jarayoni.
Boshlang‘ich ta’lim - o‘quvchilarga murakkab bo‘lmagan ilmiy bilimlarni
berish asosida ularda o‘qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko‘nikma
hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiyena va sog‘lom
turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi.
«Grafik diktant».O‘quv topshirig‘ini qabul qilish, o‘quv amali
yotini
bajarish, ya’ni ixti
yoriy (erkin) e’tibor rivojlanganligi darajasini aniqlash uchun
L.A.Venger metodikasi bo‘yicha tashxis o‘tkazish.
Dasturlashtirilgan ta’lim berish (Programmed learning) – dasturlashtirilgan ta’lim berish asosini, tartibga keltirilgan topshiriqlarni namoyon
qiluvchi, o‘rgatuvi dastur tashkil etadi. U butun o‘qitish jarayonini boshqaradi. Dramalashtirilgan masalalar – bu bolalarning kuzatgan, ko‘pincha o‘zlari
bevosita bajargan harakatlarini aks ettiradigan jarayon.
Davlat ta’lim standarti - 1) ta’lim olish shaklidan qat’iynazar, bitiruvchilar
erishishlari zarur bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o‘quv fani
bo‘yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim
dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv
127
ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga
qo‘yiluvchi talablar.