42
o‘lchovi, albatta, xilma-xildir. U yoki bu bola shaxsining o‘ziga xosligini, uning
boshqa odamdan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasi
individuallikdir. Individuallik temperamentda va xarakter xususiyatlarida,
odatda,qiziqishda, bilish jarayonlariga oid fazilatlarida (idrok, xotira, tafakkur,
tasavvur) qobiliyatda, faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon
bo‘ladi. Psixolog suhbat davomida bolaga qilinayotgan ishning maqsadi va natijasi
haqida ma’lumot berishi, suhbat mazmuni sir tutilishini aytishi va o‘z navbatida
bunga qat’iy amal qilishi lozim. Suhbat davomida tashqi muhit ta’siri ham
e’tiborga olinishi zarur, chunki tinch va osoyishta muhit bolada o‘z kuchiga
ishonish hissinn tug‘diradi, jiddiylikka da’vat etadi, qolaversa, muomala
madaniyatiga o‘rgatadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olti yoshli bolalaning
dastlabki kundan boshlab maktab sharoitiga moslash jarayonini o‘rganish muhim
sanaladi. Ko‘pgina hollarda olti yoshli bolalarda bilish jarayonlarining yetarli
darajada rivojlanmaganligi, ijtimoiy moslashuvning shakllanmaganligi ta’lim
jarayonida qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Ta`limiy faoliyatlar bolaning
bilishga doir psixik jarayonlari: diqqat, tafakkur, idrok, tasavvur, xotira,
shuningdek, o‘qish, yozishga doir malaka va ko‘nikmalarini boyitib borish kabi
aqliy imkoniyatlarining ta’lim talablariga munosib tabiiy shakl, o‘yinlar yordamida
rivojlantirib borishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: