16
ammo maqsaddan chalg‘itadiganiga qarshi o‘larok bajarish ko‘nikmasi
va shu
kabilar e’tiborga loyiqdir. Bo‘lajak o‘quvchi xulq-atvoridagi ixti
yoriylikning
rivojlanish asosini maktabgacha ta`lim
yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan
sabablar, o‘zaro buysunuvchilari tashkil qiladi. Maktabga axloqiy-irodaviy
tayyorlikning tarkib topishida,
shuningdek, katta maktabgacha ta`lim
yoshidagi
bola shaxsiy xulq-atvoridagi
mustaqillik uyushganlik va intizomlilik kabi
xususiyatlar ahamiyatlidir. Mustaqillik bilan uzviy bog‘langan xulq-atvor
qoidalarini bajarish, yangi sharoitlarda harakatning to‘g‘ri,
odatiy usullaridan
foydalanish,
yordam berishga tayyorlik qobiliyatidir. Mustaqillik va xulq-
atvordagi uyushganlik intizomlilik bilan xulq-atvordagi maqsadga yo‘nalganlikda,
o‘z faoliyatini maktabgacha ta’lim tashkilotda qabul qilingan qoidalarga muvofiq
ongli tashkil eta bilishda, faoliyat natijasiga erisha bilish va uni nazorat qilish, o‘z
xulq-atvorini boshqa bolalarniki bilan muvofiqlashtirish, o‘z xatti-harakatlari
uchun shaxsiy ma’suliyatni his qilishda o‘z ifodasini topadi.
Maktabga axloqiy-
irodaviy tayyorlikning boshqa muhim tarkibiy qismi bolaning katta
yoshlilar va
tengqurlari bilan o‘zaro munosabatlarini qoidalarga muvofiq tashkil eta bilishdir.
Tajribaning ko‘rsatishicha, maktabdagi o‘qish sharoitlariga moslashish oldingi
yillarda bolalarda «jamoatchilik» sifatlari: do‘stlarga nisbatan xayrixoh, hurmat
bilan munosabatda bo‘lish, tashkilotchilik ko‘nikmalari,
xushmuomalalik,
g‘amxo‘rlik bildirish, o‘zaro
yordamga hozirlikning qanchalik muvaffaqiyatli
shakllantirilganligiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola xulq-atvorida
jamoachilik hislarida bunday majmuaning mavjudligi uning maktabga axloqiy
tayyorgarligining ko‘rsatkichi bo‘la oladi va yangi
jamoada tengqurlari bilan
muomalada ko‘tarinki, ijobiy ruhni yuzaga keltiradi. Maktabga axloqiy-irodaviy
tayyorlik, shuningdek, axloqiy hissi
yot va bola ongi rivojining muayyan darajasi
bilan ham ifodalanadi. Bu o‘rinda eng ibratlisi bolalarning axloqiy xulq-atvorining
ijtimoiy
ahamiyatini tushunish, ularda o‘z xatti-harakatlarini mustaqil baholash
qobilyatini rivojlantirish, ma’suliyat, haqgo‘ylik, insoniylik va fuqarolik
hissi
yotlari elementlarini shakllantiridir. Axloqiy-irodaviy tayyorlik tarkibiga
maktabgacha ta`lim
yoshidagi bolaning mehnatga
munosabatini ifodalovchi
sifatlar majmui ham kiradi. Bu mehnat qilish ishtiyoq
i, atrofdagilar mehnatiga
hurmat, zarur mehnat malakalarini egallashdir.
Dostları ilə paylaş: