9
uskunalar, o‘quv metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi
ko‘zda tutilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish
va maktabga tayyorlash
jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha
yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablari» orqali nazorat
qilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-
tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik
darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib u davlat hujjati
sifatida e’tirof etiladi.
Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan
maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Ilk qadam» dalat o‘quv dasturi
asosida amalga oshiriladi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’limning
asosiy
omili bo‘lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab
berilgan. Sog`lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘nalishidir.
Davlat talablari asosida tuzilgan «Ilk qadam» dalat o‘quv dasturiga asosan
maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari, tarbiyachilari hamda o‘zlari
uchun turli sohalar bo‘yicha dasturlar, qo‘llanmalar, tavsiyalar, qiziqarli kitoblar,
aqlan va jismonan rivojlantirishga yordam beradigan turli-tuman o‘yinchoqlar va
ta’lim tarbiya qurollari yaratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat
talablarida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni
maktabga to‘la-to‘kis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta’limni
mukammal
o‘zlashtirishga, mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun xizmat qiladigan
barkamol inson bo‘lib yetishishlariga zamin hozirlaydi.
Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalariga tayangan holda
«Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi» fanining maqsadi talabalarni
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning metod va usullari bilan
tanishtirishdan iborat.
«Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi» fani quyidagi vazifalarni
o‘z ichiga oladi:
- talabalar maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalarini yaxshi
bilishlari;
- bolalarning maktab ta’limiga umumiy
va maxsus tayyorgarligi
tushunchalarini bilishlari;
- bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashni aniqlash yo‘llari va metod,
usullari to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishlari lozim.
10
Yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish Maktabgacha ta’lim tizimining
boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan maktabgacha ta`lim tashkilotlaridan boshlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishini davr
talabi darajasida olib borish maqsadida «Ilk qadam»davlat o‘quv dasturi tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi bu dasto‘rni
respublikamizning o‘ziga xos tomonlarini: iqlimi, jugrofiy,
iqtisodiy, madaniy,
milliy sharoitlarini hisobga olib, uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug`ilgandan to
yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim va malakalar hajmini
o‘z ichiga oladi. U maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik
va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol
toptirishni nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim tashklotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi amalga
oshiradi. U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun
tarbiyachi uz sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi egallagan,
puxta pedagogik psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu bilan bir
qatorda mutaxassislik bo‘yicha fanlarni jumladan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun,
Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini, maktabgacha
tarbiya pedagogikasi, «Ilk
qadam» dalat o‘quv dasturini Davlat ta’lim standartlarini, “Bolalarni maktabga
tayyorlash” fani va boshqalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir. Ayniqsa,
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlangan tarzda tarbiyalash “Bolalarni maktabga
tayyorlash” fanining o‘rni juda kattadir.
Dostları ilə paylaş: