Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)
Savol: Namozni ta’xir qilish (kechiktirish) degan gapni qanday tushunish kerak? Javob: Namozni ta’xir qilish ikki qismdir. Birinchisi - har bir namozni oxirgi vaqtida
o‘qish. Ya’ni uning vaqti kirishi bilan ham emas yoki o‘rta holatda emas, balki vaqt
chiqishiga juda oz fursat qolguncha beparvo o‘tirib so‘ng shoshilinch suratda o‘qimoqlik.
Ikkinchisi umrining avvalgi damlarida g‘aflat, beparvolik ila qarilik chog‘imda o‘qirman,
deb ta’xir qilishlik. Bu ikki holat ham musulmon kishi uchun ayb va nuqson hisoblanadi.
Savol: Namoz ba’zi holda zimmadan soqit bo‘ladi deb eshitdim. Kimlarning zimmasidan namoz soqit bo‘ladi? Javob: Namoz aqli mushavvash majnun kishilardan va ayollardan hayz va nifos
vaqtida soqit bo‘ladi.
Savol: Ba’zi namozxonlar xufton namozidan so‘ng vitr o‘qimay masjiddan chiqib ketishadi. Shu to‘g‘rimi? Javob: Vitr namozining vaqti qizil shafaq yo‘qolgach xufton namozidan so‘ng tong
otgunchadir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Kechaning oxirida uyg‘ona olmay vitr namozini
qoldirishdan qo‘rqqan vitrni kechaning avvalida o‘qisin, kechaning oxirida uyg‘onishga
ko‘zi yetgan vitrni kechaning oxirida o‘qisin. Zero, kechaning oxiridagi o‘qish afzaldir»,
deb marhamat etganlar. (Imom Muslim va Termiziy rivoyati)
Xufton namozining sunnatini o‘qib masjiddan chiqib ketuvchilar shu fazilat umidida
bo‘lishsa kerak.
Savol: Ayrimlar bomdodga azon aytilgandan so‘ng masjidga kelib, «tahiyyat» va boshqa nafl namozlar o‘qishadi, keyin bomdod sunnatini boshlashadi. Shu mumkinmi?
Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
9