Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc


Savol: Ko‘pincha jamoat namoziga ulgurish uchun masjid tomon



Yüklə 119,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/49
tarix28.11.2023
ölçüsü119,67 Kb.
#169149
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)

Savol: Ko‘pincha jamoat namoziga ulgurish uchun masjid tomon 
chopib borayotgan, rukuga ilinib qolish uchun hatto xonaqoh ichida ham 
yugurgan namozxonlarni ko‘ramiz... 
Javob: Bu ishlari to‘g‘ri emas. Chunki Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bizlarni namozga 
shoshilib borishdan qaytarganlar. Aksincha, namozga viqor va vazminlik bilan (salobatli 
holatda) borishni buyurganlar. Binobarin, namozga yugurib-chopib borish makruhdir. 
(«Hazonatul-fiqh»). 
 
Savol: Goho masjidlarda shunday holni kuzataman: ayrim namozxonlar 
imomdan avval ruku’ va sajdaga ketishadi, imomdan oldin sajdadan bosh 
ko‘tarib qo‘yishadi. Shu to‘g‘rimi? 
Javob: Ayrim namozxonlar qasddanmi yoki e’tiborsizlikdanmi, namozning bir 
ruknidan ikkinchi rukniga o‘tishda imomdan oldin ketib qoladilar. Masalan, ruku’ va 
sajdalarda imomdan oldin egilib yoki imomdan oldin bosh ko‘taradilar, hatto ba’zilar 
salomni ham imomdan oldin bajarib qo‘yadilar. Ko‘plarga ahamiyatsizdek ko‘ringan bu 


Dinda savolim bor. 2-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
hol haqida qattiq va’idlar kelgan. Jumladan, Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan hadisda 
Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: «Imomdan oldin boshini ko‘tarayotgan kishi Alloh 
taolo uning boshini eshakning boshiga aylantirib qo‘yishidan qo‘rqmaydimi?» 
Biz namozga shoshmasdan, xotirjam va viqor bilan kelishga buyurilganmiz, agar 
jamoat namozni boshlab yuborgan bo‘lsa ham. Jamoat namozigaki shoshmasdan, 
xotirjam kelishga buyurilgan ekanmiz, namozning ichida ham shoshqaloqlik 
qilmasligimiz lozim bo‘ladi. Fuqaholarimiz bu masalada go‘zal me’yorni zikr qilib, 
shunday deyishgan: «Imomga iqtido qilgan kishi imom takbirni aytib bo‘lganidan 
so‘nggina harakatga kirishishi lozim bo‘ladi»,
Buni shunday tushuntirsa bo‘ladi: ma’lumki imom harakatni «a» tovushi bilan 
boshlab, «r» tovushi bilan tugatishi lozim. «Allohu akbar»ning ilk «a»sini aytiboq 
harakatga keladi va oxirgi «r»ni aytganda to‘xtaydi – ruku’ uchun bo‘lsa, enkayib 
bo‘ladi; sajda uchun bo‘lsa, peshonasi yerga tegadi; turish uchun bo‘lsa, qomati tik 
holga keladi. Ergashuvchining «a»si imomning «r»siga ulanib ketsin, deyishgan 
ulamolarimiz. Bu degani, ergashuvchi imomdan yoki u bilan birga, yo xiyol ortda harakat 
boshlamasdan kutib turishi, imom harakatini tugatgan zahoti boshlashi kerak, demakdir.
Sahobai kiromlar imomdan oldin o‘tib ketmaslikka nihoyatda qattiq e’tibor berardilar. 
Barro ibn Ozib (r.a.) shunday deganlar: «Sahobalar Payg‘ambar alayhissalomning 
orqalarida namoz o‘qishayotganida ruku’dan boshlarini ko‘targach, to Rasululloh (s.a.v.) 
peshonalarini (sajda uchun) yerga qo‘ymagunlaricha birorta sahobaning engashgani 
ko‘rilmas edi. Payg‘ambar alayhissalomning peshonalari yerga tekkanidan keyingina 
orqalaridan sahobalar sajdaga egilar edilar» (Muslim rivoyati). 
O’z navbatida imomlikka o‘tgan kishi ham takbirlarni sunnatga amal qilgan holda aytib 
namoz o‘qimoqligi lozim. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (s.a.v.) namoz 
o‘qimoqchi bo‘lsalar, tik turganlarida takbir aytardilar, so‘ng ruku’ qilayotganlarida, so‘ng 
egilayotganlarida, so‘ng boshlarini ko‘tarayotganlarida takbir aytardilar, mana shuni 
namozning barchasida to tugaguncha qilardilar va ikkinchi rakatdan turayotganlarida 
takbir aytardilar» (Buxoriy rivoyati). 
Ba’zi imomlar ilm ozligi yoki sunnatni yaxshi bilmasligidan turgan joyida «Allohu 
akbar» deb, so‘ng ruku’ga engashadi, tik turib «Allohu akbar» deb, keyin sajdaga 
ketadi. Bu hol xatodir, sunnatga xilofdir. Agar imom o‘zining takbirini, aytilganidek, 
harakati bilan muvofiq qilsa hamda imomga iqtido qilganlar ham, zikr qilinganidek, 
sahobalarning namoz o‘qish holatlarini o‘zlariga lozim tutsalar, namozlaridagi jamoat 
ishlari durust bo‘ladi, inshaalloh. 

Yüklə 119,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin