Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)
odoblarni odat qilishi kerak», degan gapni o‘qib qoldim. Ular qaysilar? Javob: Imom Muslim, Ahmad va boshqalar Oisha onamizdan (r.a.) rivoyat qiladilar:
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: «O’n narsa — mo‘ylabni qisqartirish, soqol
qo‘yish, tishni misvok bilan tozalash, burunni suv bilan chayish, tirnoqni olish,
bo‘g‘imlarni yuvish, qo‘ltiq tuklarini yulish, kindik osti tuklarini tozalash, suv bilan
tozalanish, og‘izni suv bilan tozalash xos insoniy odatlardir».
1. Xatna. «Xatna sunnati muakkadadir. Musulmonlarga xos odatdir. Erkaklarga uni
tark qilish joiz emas».
Barcha ulamolarning fikri shunday. Xatnani farz degan ulamolar ham bor.
Bola yosh bo‘lganida uni xatna qilish fazilatlidir. Bolani aynan necha yoshga kirganida
xatna qilish borasida esa, fikrlar turlichadir. Ularni bu yerda keltirish imkoni yo‘q.
Nasroniylarning xatnani rad qilishlari ajablanarlidir. Ular xatna qilganni qoralashadi.
Xatna qilmaslik bilan faxrlanishadi. Xatna qilmaslikni aqidalari va dinlaridan deb
bilishadi.
2. Kindik osti tuklarini tozalash. «Kindik osti tuklari» deyilganida jinsiy a’zo va ort yo‘l
atrofidagi tuklarni tushunish kerak. Mazkur o‘rinlarni toza tutish uchun undagi tuklarni
ketkazish erkak va ayolga sunnatdir. U tuklarni yulib tozalasa ham bo‘ladi, ammo qirib
tozalash afzaldir.
3. Qo‘ltiq tuklarini tozalash. Qo‘ltiq tuklarini yulish ham erkak va ayolga sunnat.
Ulamolar bunda yakdillar. Bu tuklarni qirib tozalashdan yulib tashlash yaxshiroq. Ularni
yulish og‘rig‘iga chidamagan kishi qirib tozalasa ham bo‘ladi.
Qo‘ltiq ko‘p terlaydigan o‘rin. U yerlardagi tuklarda kir yig‘ilib qolishidan badbo‘y hid
paydo bo‘ladi. Shuning uchun u tuklar yulib tashlanadi.
4. Mo‘ylabni qisqartirish. Ulamolarning fikri bir xil: mo‘ylabni qisqartirmay qo‘yish
makruh, lab cheti ko‘rinadigan qilib uni qisqartirish sunnat. Mo‘ylab lab chetidan o‘tib
ketadigan darajada o‘smasligi kerak. Mo‘ylabni lab chetidan oshirib o‘stirish kofirlar
odatidir.
5.Soqol qo‘yish. Soqolga tegmay, qirmay o‘stirish Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi va
sallamning sunnatlaridan biridir. Bu sunnatni Payg‘ambarimiz alayhisalom so‘zda va
amalda ta’kidlaganlar. Musulmonning bu sunnatga amal qilgani yaxshi.Xossatan, ulamo
va mashoyixlar bunga amal qilishlari zarur.
6.Tirnoqni olish. Erkak va ayollarga tirnoq olish sunnat. Tirnoqni o‘stirib yurish
sunnatga zid bo‘lganidan makruhdir.Tirnoqning o‘sgan qismi kir to‘planadigan joydir,
qo‘ltiq va kindik osti tuklari kabi inson olib tashlaydigan jismning kir
bo‘lagidir.Tirnoqlarini uzun qilib, ularga xilma-xil bo‘yoqlar bilan ishlov berishga pul va
bo‘yoqlar sarflaydigan ayollar o‘ylaganidek, tirnoqni o‘stirish ziynat emas.
7.Istinjo. Istinjo tahorat masalalaridan biri. Istinjo - najasni chiqish joyidan ketkazish
va najas chiqqan joyni kesak, yomon latta kabi najasni oladigan biror narsa bilan
tozalashdir.Bundan so‘ng najas chiqqan yo‘lni suv bilan yuvish fazilatlidir.
Erkaklarga siyganlaridan so‘ng siydik yo‘lida qolgan tomchilarning chiqishiga ta’sir
qiladigan harakatlar yo bir odim bo‘lsa-da yurish vojibdir. Siydik yo‘lida tomchisi