Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
Javob: Maxsiga mashning joizligi haqida ahli sunnat val jamoa mazhabi payravlaridan
biror kishi ixtilof qilmaydi. Bunga faqat mubtade’ (sunnatga qarshi chiquvchi)gina xilof
qiladi.
Oyoqqa kiyiladigan hamma narsaga ham mash tortilaveradimi? Yo‘q.
Mash uchun
quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi kerak:
– U narsa (maxsi) to‘piqni berkitib tursin;
– To‘piqdan pasti yirtiq bo‘lmasin;
– Uch-kecha kunduzlik yo‘l yurganda to‘zib ketmasin;
– Teridan boshqa narsa bo‘lsa osti va ustiga teri qoplangan bo‘lsin;
– Bog‘lanmasdan o‘z qaddini ko‘tarib turadigan bo‘lsin;
– Va nihoyat tahorat komil bo‘lganda kiyilgan bo‘lsin.
Mash tortish tartibi esa quyidagicha: o‘ng qo‘lga suv olib – tashlab, panjalari va
aloqoni (kaft) bilan o‘ng oyoq maxsisi ustiga qo‘yiladi va qo‘l panjalari ochilib to‘piqqa
qarab tortiladi. Bunda shuni unutmaslik kerakki, qo‘l panjalarining
uchini maxsi uchi
bilan barobar etib emas, balki maxsi ichidagi oyoq panjalari uchi bilan barobar etib
qo‘yish kerak. So‘ngra chap qo‘lga suv olib tashlab mazkur tartibda chap mahsiga mash
tortiladi. Mash tortilgandan so‘ng qo‘llar uch bor chayilishi darkor.
Panjalari bukilmaydigan kishilar qo‘l aloqonini mahsiga tekkizishlari, so‘ng mash
tortishlari lozim. Mazkur shartlari mukammal holda kiyilgan maxsiga muqim (safarda
bo‘lmagan kishi)
bir kechayu kunduz, musofir esa uch kechayu kunduz mash qila oladi.
Bu muddatlar maxsi kiyilgan vaqtdan boshlab emas, balki uni kiygandan so‘ng dastlab
tahorati singandan boshlab hisoblanadi. Ya’ni bomdod namozidan oldin tahorat olib
maxsini kiygan bo‘lsayu kunduz soat o‘n ikkida tahorati sinsa ertasiga soat o‘n ikkigacha
shu maxsiga mash qilsa bo‘ladi. Bu yerda shuni aytib o‘tish kerakki,
musofir bir kechayu
kunduz ham bo‘lmay uyiga qaytib kelsa, maxsisiga uch kecha-kunduzgacha emas, balki
muqim hukmida (bir kecha-kunduz bo‘lguncha) mash qiladi. Muqim esa mash muddati
to‘lmasdan safarga chiqsa musofirlik hukmida uch kecha-kunduz to‘lguncha
mash qilishi
mumkin.
Kishining bir oyog‘ida yarasi bo‘lib, tahorat olganida unga mash qilsa, sog‘ oyog‘ini
yuvib unga maxsisini kiysa, jarohatli oyog‘iga kiymasa so‘ng mazkur bir oyog‘iga mash
tortaolmaydi. Chunki bir oyoq maxsisiga mash tortib ikkinchisini yuvish mashru’
emasdir. Shuning uchun bir oyoq yechilsa, albatta ikkinchi oyoq ham yechilib yuvilishi
vojibdir.
Tahoratni nima sindirsa mashni ham sindiradi. Ya’ni har
tahorat qilganda maxsilarga
mash qilish kerak. Shuningdek, maxsi ichiga suv kirib oyoqning hammasi (bir rivoyatda
yarmi) ho‘l bo‘lsa, yuqorida aytilgan muddatlar o‘tsa, mahsining to‘piqdan pasti
oyoqning kichik uch panjasi ko‘rinadigan miqdorda yirtilsa mash buziladi. (Bir maxsining
turli joylarida oz-ozdan yirtiq bo‘lib, hammasi to‘planganda uch panja ko‘rinsa ham
mash
ravo emas, astari lattadan bo‘lib u agar yirtilmagan bo‘lsa ham). Bu holatlarda
maxsi yechilib, oyoq yuvilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: