Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
Oyning o‘n
yettinchi, o‘n to‘qqizinchi yo yigirma birinchi kunlari qon oldirish maqsadga
muvofiqdir. («Aynul ilm»).
Savol: Peshob (siydik)dan poklanmaslikning gunohi qanday bo‘ladi?
Javob: Ko‘p hollarda kishilar ko‘zga ilinmas
iflosliklardan saqlanmaydilar, beparvo
bo‘ladilar. Peshob ana shunday iflosliklardan biri. Peshobdan tozalanish istibro deyiladi.
Istibro
shuning uchun zarurki, tabiatan peshob butunlay chiqib ketmaydi,
balki peshob
yo‘lida bir necha tomchisi qolib ketadi. Peshob tahoratdan so‘ng chiqsa tahoratni
sindiradi va kiyimni ham bulg‘aydi.
Peshobdan poklanish uchun erkaklar peshob yo‘liga
kesak tutib bir necha bor
silkinishlari, yo‘talishlari va oyoqlarini chalkashtirishlari kerak. Ana shunda peshob
butunlay chiqib tugaydi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
ikki qabrga ishora etib, ulardagi mayyitlar azoblanayotganini,
ulardan birining azoblanish boisi peshobdan poklanmagani bo‘lsa,
ikkinchisining azobga
giriftor bo‘lish sababi chaqimchilik ekanligini sahobai kiromlarga tushuntirganlar.
Va yana Rasuli akram (s.a.v.) ularga shunday marhamat etdilar: «O’zingizni pok
tuting! Peshobdan saqlaning! Negaki qabr azobining ko‘pi shuning orqasidan bo‘ladi».
(Imom Doriqutniy rivoyati).
Dostları ilə paylaş: