Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc


so‘ng marhumga aza tutib bo‘lmaydimi?



Yüklə 119,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/49
tarix28.11.2023
ölçüsü119,67 Kb.
#169149
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)

so‘ng marhumga aza tutib bo‘lmaydimi? 
Javob: Islom dinida aza tutish, birovga ta’ziya bildirish bor. Eri o‘lgan xotindan 
boshqa musibatzadalarning aza tutish muddati uch kundan oshmasligi kerak. Ta’ziya 
bildiradiganlar shu uch kun ichida musibat tushgan qarindoshi, yaqini, oshna-
og‘aynilariga bir marta ta’ziya bildirib, musibat yetgan kishining ko‘nglini ko‘tarib, unga 
tasalli berishi mustahabdir. Fatvo kitoblarida mabodo kishining uch kun ichida ta’ziya 
izhor qilishga vaqti bo‘lmasa yo musibat yetgan kishi uyida bo‘lmasa, boshqa vaqtda 
ham ta’ziya izhor qilsa bo‘ladi, deyilgan. 
Lekin eri vafot etgan ayolning azasi (idda) muddati Qur’oni karimda to‘rt oy-u o‘n kun 
deb belgilangan. 
Eri vafot etgan ayol aza muddatida yasanmaydi, xushbo‘y narsalar surmaydi, pardoz 
qilmaydi, aza uchun maxsus rangli kiyim kiymaydi. Balki kamtarona kiyinadi va shu 
muddatda boshqaga turmushga chiqmaydi hamda bunga harakat ham qilmaydi. 


Dinda savolim bor. 2-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
Yetti, yigirma, qirq, yil oshi, qora kiyim kiyish, ovoz chiqarib yig‘lash, bir yilgacha to‘y 
qilmaslik, oq kiyar, kir yuvish kabi marosimlar shariatimizda yo‘q.
O’lganga marsiya aytib, o‘zini urib, yoqa yirtib yig‘lash man etilgan. Bu haqda Rasuli 
akramdan (s.a.v.) ko‘plab hadisi shariflar vorid bo‘lgan. 
Savol: Ko‘pincha ta’ziya marosimlarida keksalar yig‘layotgan ayollarga 
hadeb ovoz chiqarib yig‘layvermanglar, bu – yaxshi emas, deyishadi. Shu 
to‘g‘rimi? 
Javob: Farzandlarning vafot etgan – ota-onalari uchun yoki ota-onaning jon taslim 
qilgan bolalari uchun ko‘z yoshi to‘kib ovoz chiqarmay yig‘lamoqlari joizdir. Ammo ovoz 
solib yig‘lash marhumga azob beradi. Bu haqda shunday hadislar bor: «Oila a’zolarining 
ovoz chiqarib yig‘lamog‘i tufayli marhum azoblanadi». 
«O’zingizni tuting, marhumning ortidan baqirib-chaqirmangiz! Bu johiliyat davrining 
odatlaridandir». 
«Marhum uchun yuzini tirmalagan, yoqasini yirtgan va o‘zini halok etishni istagan 
xotinga Allohning la’nati bo‘lsin!». 
«Biror yaqin kishisi o‘lganda baland ovoz bilan yig‘lagan, sochini yulgan, yuzini 
tirmalagan va kiyimlarini yirtgandan uzoq bo‘linglar!» 
Alloh taolodan marhumning gunohlarini kechirishini, qabr azoblaridan xalos etishini 
tilab, shafqat va marhamat yuzasidan ko‘z yoshi to‘kib, sassiz yig‘lamoq joiz. 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o‘g‘illari Ibrohim vafot etganida yum-yum 
ko‘z yosh to‘kib yig‘lagan ekanlar. Buning sababini so‘raganlarida: Marhamatimdan 
yig‘layman. Ko‘zimizdan yosh oqadi, yuraklarimiz mahzun…, dedilar. 

Yüklə 119,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin