www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Savol: «Ahli sufa» kim ekanini, ularning sanog‘i va darajalarini bilishni
istardim.
Javob: «Sufa» Madinai munavvarada Payg‘ambar (s.a.v.)
masjidlarining shimolidagi
makon bo‘lib, uni boshpanasiz, faqir muhojirlar maskan tutganlar.
Abu Hurayra, Sa’d ibn
Abu Vaqqos, Salmon (r.a.) va boshqalar shu kishilar jumlasidandir.
«Ahli sufa»ning adadi haqida ixtiloflar bor. Ular bu joyga kelib-ketib turishadigan
bo‘lib, ba’zida ularning soni bir vaqtning o‘zida yetmish kishiga yetgan.
Tarixchilar
ulardan olti yuztalarini sanab o‘tishgan. «Ahli sufa»lardan yetmish kishi «Bi’ri Mauna»
g‘azotida shahid bo‘lganlar.
Ularning sharaf va darajalarini esa, Rasulullohning (s.a.v.) ularga ko‘rsatgan
mehribonliklari, inoyat va e’tiborlaridan ham bilib olsak bo‘ladi.
Alloh taolo nozil qilgan quyidagi oyatlar «Ahli sufa» haqida ekanligi aytiladi:
«(U o‘ljalar yana) o‘z diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan zotlar –
kambag‘al muhojirlarnikidirki, ular Allohdan fazl-marhamat
va rizolik istarlar hamda
Alloh va Uning payg‘ambariga yordam berurlar. Ana o‘shalar (iymonlarida) sodiq
zotlardir.» (Hashr surasi, 8-oyat).
(Sadaqot-ehsonlar) Allohning yo‘lida to‘silgan (ya’ni o‘zlarini ushlagan),
biror yerga
safar qilishga qodir bo‘lmaydigan, qanoatlari sababli, bilmagan
odamga boy-badavlat
bo‘lib ko‘rinadigan faqir-kambag‘allar uchundir. Ularning faqirliklarini siymolaridan bilib
olasiz. Ular tilanib turib olmaydilar.
Qanday yaxshilik qilsangiz, bas, albatta Alloh uni
bilguvchidir.