Microsoft Word durratun nosihiyn ziyouz com doc


Oltmish to‘rtinchi majlis YIG‘LASH BAYONI



Yüklə 490,58 Kb.
səhifə75/85
tarix31.12.2021
ölçüsü490,58 Kb.
#49502
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   85
Usmon ibn Hasan Xubariy. Durratun nosihiyn (2)

Oltmish to‘rtinchi majlis YIG‘LASH BAYONI

Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar va (har bir) jon erta (qiyomat kuni) uchun nimani (ya’ni, qanday ezgu amalni) taqdim etganiga qarasin! Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. Sizlar Allohni unutib qo‘ygan (ya’ni, U zotning amr-farmonlariga itoat etmagan), bas, (shundan keyin Alloh) ularga o‘zlarini ham unuttirib qo‘ygan (ya’ni, o‘zlariga oxiratda foyda beradigan amallar qilishdan yuz o‘girtirib qo‘ygan) kimsalar kabi bo‘lmangiz! Ana o‘shalar fosiq-itoatsiz kimsalardir!» (Hashr surasi, 18– 19-oyatlar).

Rivoyat qilinishicha, Umarning raziyallohu anhu sahifalari bo‘lib, unga yaxshi va yomon amallarini yozib yurardilar. Har juma kuni yozganlarini tekshirib ko‘rardilar. Sahifada Alloh rozi bo‘lmaydigan amalni ko‘rganlarida qamchi bilan o‘zlarini urardilar. U kishi vafot etganlarida jasadni yuvmoqchi bo‘lishganida yelkalari kaltak zarbidan qorayib ketganining guvohi bo‘lishdi. Umar raziyallohu anhu azob oyatlarini eshitib qolsalar, xushlaridan ketib yiqilardilar, hatto kasal bo‘lib qolardilar. Ko‘z yoshlari ko‘p oqqanidan yuzlarida ikkita chiziqcha paydo bo‘lgan edi. «Koshki onam meni tug‘maganida edi», deb o‘zlarini koyirdilar.

Kunlarning birida ulovda o‘tib ketayotib: «Albatta, Parvardigoringizning azobi voqe’ bo‘luvchidir? Biror narsa uni daf qila olguvchi emas», oyati qiroat qilinayotganini eshitib qolib, hushlaridan ketib, ulovdan yiqildilar. Odamlar u kishini uylariga olib ketishdi. Shundan so‘ng bir oy uylaridan chiqolmadilar.

Ka’bul Ahbor aytadilar: «Allohdan qo‘rqib, ko‘zlarimdan yosh oqadigan darajada yig‘lamog‘im o‘z og‘irligim miqdoricha oltinni sadaqa qilmog‘imdan yaxshiroqdir. Chunki kim Allohdan qo‘rqib ko‘z yoshidan bir tomchisi yerga oqib tushar ekan, uni do‘zax olovi kuydirmaydi».

Alloh Muso alayhissalomga vahiy qildi: «Zohidlarning zohidligi, qurbat hosil qiluvchilarning qurbati, harom qilingan narsalardan taqvo qiluvchi obidlarning ibodati Mendan qo‘rqib yig‘lagan kimsaning ibodatidan afzal bo‘la olmaydi». Shunda Muso alayhissalom: «Ey rahmlilarning rahmlirog‘i, ularni bu amallari evaziga qanday mukofotlaysan?» deb so‘radilar. Alloh: «Dunyodan yuz o‘giruvchi zohidlarga jannatimning halol qilaman. Ular jannatni xohlagan joylarida qo‘nim topadilar. Men harom qilgan narsalardan taqvo qilguvchilarni esa hisob-kitobsiz jannatga kiritaman. Mendan qo‘rqib yig‘laguvchilar esa jannatda rafiqul a’loda bo‘ladilar», dedi.

Xabarlarda kelishicha, qiyomat kuni bir banda Allohning oldiga keltiriladi. Unga nomai a’moli berilganida gunohlari ko‘pligini biladi. Shunda u: «Parvardigoro, bu gunohlarni men aslo qilgan emasman», deydi. Alloh: «Mening ishonchli guvohlarim bor», deganda, banda o‘ng va chap tomoniga qarab hech kimni ko‘rmaydi. Alloh uning a’zolariga unga qarshi guvohlik berishga amr qiladi. Quloqlari: «Uning bu gunohlarni qilganini eshitdik va bildik», deb guvohlik beradi. Ko‘zlari: «Biz ko‘rdik», tili esa: «Men gapirdim», deb guvohlik beradi. Qo‘llari, oyoqlari va boshqa a’zolari ham guvohlik beradi. Banda hayratlanib qoladi. Alloh uni do‘zaxga tashlashga buyurgan vaqtda uning o‘ng ko‘zidagi bir dona kipirigi so‘zlash uchun Allohdan izn so‘raydi. Alloh unga izn bergach: «Yo Parvardigor, darhaqiqat Sen: «Qaysiki bandamning qovoqlaridagi bir dona kiprigi Mendan qo‘rqib yig‘lagani sababli namlansa, uni do‘zaxdan ozod qilaman», demaganmiding?» deydi. Alloh taolo: «Ha, shunday degan edim», deydi. Kiprik: «Men guvohlik beramanki, bu gunohkor banda Sendan qo‘rqqanidan yig‘lab, meni namlagan edi», deydi. Alloh uni jannatga kiritishlariga buyuradi. Keyin shunday nido qilinadi: «Falonchining o‘g‘li falonchi bir dona kiprik sababli do‘zaxdan najot topdi».

Ibn Abbosdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar:

«Kimning terisi Allohdan qo‘rqib titrasa, uning gunohlari qurigan daraxtning barglari to‘kilgandek to‘kiladi».
Qiyomat kuni do‘zaxdan tog‘ kabi olov chiqib, ummati Muhammadni qasd qiladi. Muhammad sollallohu alayhi va sallam uni daf qilishga harak’at qiladilar, ammo qodir bo‘lmaydilar. Shunda: «Ey Jabroil, bu olov ummatimni kuydirmoqchi», deydilar. Jabroil alayhissalom bir qadah suv bilan kelib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga: «Ey Muhammad, mana bu suvni olib, unga seping», deydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam u suvni olovga sepganlarida, darrov o‘chib qoladi. Shunda Nabiy alayhissalom: «Ey Jabroil, bu qanaqa suv? Olovni bunchalik tez o‘chiradigan bundan boshqa suvni bilmayman», deydilar. Jabroil alayhissalom shunday javob beradi: «Bu suv xilvatda qolib, Allohdan qo‘rqib yig‘lagan ummatingizning ko‘z yoshlaridir».

Hikoya qilinadiki, Rabboh Absiy ismli kishi 4 dinorga qora g‘ulom sotib oldi. G’ulom sira uxlamasdi, mavlosini ham uxlagani qo‘ymasdi. Kech kirgach, Rabboh: «Ey g‘ulom, nima uchun uxlamaysan va bizni ham uxlagani qo‘ymaysan?» deb so‘radi. G’ulom: «Ey Mavlom, agar kech kirgan vaqtda qabr zulmatini va jahannam dahshatini eslasam, uyqum qochib ketadi. Rabbimning huzurida turishimni eslasam, g‘amim ziyodalashadi. Jannat va undagi ne’matlarni eslasam, zavqu shavqim ziyoda bo‘ladi. Endi qanday qilib uxlayin?!» deb javob berdi. Buni eshitgan xo‘jasi hushidan ketdi. O’ziga kelgach: «Ey g‘ulom, menga o‘xshaganlar sen kabilarga xo‘jayin bo‘lishga yaramaydi. Bor, ketaver, seni Alloh rizoligi uchun ozod qildim», dedi.

Rivoyat qilinishicha, bir kishi kichik yoshli o‘g‘li bilan birga uxlayotgan edi. Lekin kechasi bola iztiroblanib uxlay olmadi. Otasi unga: «Ey o‘g‘lim, biron yering og‘riyaptimi?» dedi. Bola: «Yo‘q, ey otajon. Ertaga o‘qituvchimiz bir haftalik darsimizni bizdan so‘raydi. Muallimimiz mendan xato topib, g‘azab qilib, meni urmog‘idan qo‘rqaman», deb javob berdi. Shunda otasi yig‘lay boshladi va: «Men bu qo‘rquvga haqliroqman. Qiyomat kunida Allohning huzurida isyonlarim arz qilinganida holim nima kechadi?!» dedi.

Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar:

«Qiyomat kuni odamlar to‘rt narsa haqida so‘ralmagunigacha bir qadam ham siljiy olmaydi: umrini qanday o‘tkazgani; kuch-quvvatini nimaga sarflagani; ilmiga qanday amal qilgani; molini qaerdan topib, qaerga sarflagani haqida».

Ma’rifat ahli aytadiki, to‘rt narsani to‘rt narsa bilan yuvinglar: yuzlaringizni ko‘z yoshlaringiz, tillaringizni Rabbilaringizni zikr qilish, dillaringizni Allohdan qo‘rqish va gunohlaringizni tavba bilan yuvinglar.

Faqih aytadilar: «Gunoh ikki xil bo‘ladi: sen bilan Allohning o‘rtasidagi gunoh va sen bilan bandalar orasidagi gunoh. Birinchi gunohning tavbasi istig‘for aytish bo‘lib, u gunohga nadomat qilish va uni qaytib qilmaslikka ahd etishdir. Ikkinchi gunohga kelsak, toki bandalarni rozi qilmaguningcha tavbang senga foyda bermaydi».


Yüklə 490,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin