11.3- rasm. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga qarab xarajatlarning turkumlanishi. Ishlab chiqarish hajmining qisqarishi yoki ortishiga ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy
xarajatlar deyiladi.
Doimiy xarajatlar (FC) ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita ta’sir etmaydi. Bunga
korxonaning to‘lov majburiyatlari (zayomlar bo‘yicha foiz va h.z), soliqlar (ishlab chiqarish
hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga
to‘lov, texnologiyalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar
kiradi.
O‘zgaruvchi xarajatlar (VC) deb ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan
xarajatlarga aytiladi. Unga xom ashyo, material, yonilg‘i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va
shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi
umumiy xarajatlar (TS)ni tashkil qiladi.
Doimiy (FC), o‘zgaruvchi (VC) va umumiy (TS) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 11.4-
rasm orqali ko‘rishimiz mumkin.
Mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o‘rtacha
umumiy, o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi.
O‘rtacha umumiy xarajatlar umumiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori
nisbatiga teng:
Q TC AC
,
bu yerda:
AC - o‘rtacha umumiy xarajatlar;
TS - umumiy xarajatlar;
Q - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori.