Microsoft Word Economic theory lecture 11


-rasm. Mahsulot qiymati tarkibi



Yüklə 215,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix01.12.2023
ölçüsü215,3 Kb.
#170854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Economic theory - lecture 11

11.6-rasm. Mahsulot qiymati tarkibi. 
 
Foyda miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkinchi omil-korxona o‘z mahsulotlarini sotuvchi 
narx darajasi bo‘lib, bu o‘rinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi o‘rtasidagi nisbatning 
beshta asosiy holatini ajratib ko‘rsatish mumkin (11.7-rasm). 
N

N

Qiymat N
3
N

N

 
11.7-rasm. Tovar qiymati va narxining nisbati.
Rasmda birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past darajada o‘rnatilib (N
1
daraja), 
buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin. Ikkinchi holatda narxning N
2
darajada 
o‘rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul tushumining korxona xarajatlariga teng kelishi, 
ya’ni ishlab chiqarishning faqat o‘zini-o‘zi qoplashi ta’minlanishi mumkin. Uchinchi holatdagi 
N
3
narx darajasi tannarxdan yuqori, biroq qiymatdan past bo‘lib, bunda korxona foydasi 
tovarda mujassamlashgan foyda miqdoridan kam bo‘ladi. To‘rtinchi holatdagi N
4
narx darajasi 
qiymat miqdoriga teng bo‘lib, korxona tovarda mujassamlashgan barcha foydani oladi va 
nihoyat, beshinchi holatdagi N
5
narx darajasini o‘rnatish korxonaga tovar qiymatidan ko‘proq 
pul daromadi olish imkonini beradi. 
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi (11.8-rasm). 
11.8-rasm. Yalpi foydaning taqsimlanishi. 
Mahsulot qiymati Q 
Sarflangan ishlab chiqarish 
vositalari qiymati (Q
iv
)ar 
Yalpi foyda (P
ya

Mahsulot tannarxi (T) 
Ish haqi (IH) 
Yalpi foyda 
Soliqlar 
Hayriya va h.z. fondlar 
Sof foyda 
Kredit uchun foiz 
Ijara xaqi 
Tadbirkorlik 
daromadi 
Ijtimoiy fondlar 
Kadrlarni 
tayyorlash 
Atrof-muhit 
muhofazasi 
Jamg’arish 
Foyda 


Rasmda eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’yektlarga turli to‘lovlar amalga 
oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, 
qarzga olingan pul mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, 
korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar to‘laydilar, turli hayriya 
va boshqa fondlarga mablag‘lar kiritadilar. Mablag‘larning qolgan qismi korxona sof foydasini 
tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarishni kengaytirishga va ijtimoiy ehtiyojlariga
shuningdek jamg‘arish, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va 
boshqa maqsadlarga sarflanadi. 
Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab 
chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Shu sababli 
buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki 
xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi.
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining 
ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki usulidan foydalaniladi. Bular foydaning 
joriy sarflarga - korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga asosiy va aylanma kapital 
nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi: 
%
100
)
(
'


W
P
P

bu yerda:
P' - foyda normasi;
P - foyda massasi;
W - ishlab chiqarish xarajatlari. 
%
100
)
(
'


avans
K
P
P

bu yerda:
P' - foyda normasi;
P - foyda massasi;
K
avans
(asosiy kapital+aylanma kapital) - korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va 
aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati. 
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda ishlab 
chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli 
foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l 
bilan: ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxni oshirish hisobiga erishish 
mumkin. 

Yüklə 215,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin