Microsoft Word Economic theory lecture 2


-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i



Yüklə 203,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix28.11.2023
ölçüsü203,25 Kb.
#167509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Economic theory - lecture 2

2.6-rasm. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i 
Iqtisodiyotda resurslarning to‘la bandligi va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash 
uchun har ikkala mahsulotning tanlangan hajmi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i deb 
nomlanuvchi ABSDE chizig‘ida joylashgan bo‘lishi lozim. Bu chiziqdan chap tomonda 
joylashgan har qanday nuqta resurslardan to‘liq foydalanmaslikni anglatadi. Rasmdagi G nuqta 
iqtisodiyotda 1,6 mln. dona avtomobil va 5 ming donaga yaqin texnologiya ishlab 
chiqarilayotganini bildiradi. Bu esa, resurslardan foydalanishning muayyan darajasida
qo‘shimcha resurslarni jalb etmagan holda, quyidagi harakatlarni amalga oshirish imkoniyati 
mavjudligini ko‘rsatadi: 
-
avtomobil ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, texnologiya ishlab 
chiqarish hajmini 8 ming donagacha yetkazish; 
-
texnologiya ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, avtomobil ishlab 
chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha yetkazish; 
-
bir vaqtning o‘zida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘idan tashqarida joylashgan har qanday, ya’ni 
rasmdagi W nuqtaga resurslarning mavjud hajmi va ishlab chiqarishning mavjud texnologiyasi 
darajasida erishib bo‘lmaydi. 
Jamiyat bu mahsulotlar uyg‘unlashuvidan birortasini tanlashi zarur: ko‘proq texnologiya 
ishlab chiqarish kamroq avtomobil ishlab chiqarishni bildiradi va aksincha.
Har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kechishga to‘g‘ri 
keladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning muqobil ishlab chiqarish xarajatlari deb 
ataladi.
Biz iqtisodiyot resurslarning to‘liq bandligi va ishlab chiqarishning to‘liq hajmi bilan 
xususiyatli deb hisobladik. Agar band bo‘lmagan resurslar bo‘lsa yoki resurslari samarasiz 
foydalanilsa iqtisodiyot jadvalda ko‘rsatilgan har bir muqobil variantdagidan pastroq mahsulot 
ishlab chiqargan va bu rasmda keltirilgan ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ining ichida 
joylashgan bo‘lar edi.
Agar resurslarning miqdori, sifati hamda texnologiya o‘zgarsa iqtisodiyotda ishlab 
chiqarishning umumiy hajmi ham, ya’ni ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ining holati 
o‘zgaradi. Mavjud resurslarning ko‘payishi har bir variantda bitta yoki har ikkala mahsulot 
ishlab chiqarish hajmining ko‘payishiga olib keladi. 

Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin