2.1-jadval
Qo‘shilgan mahsulot va qo‘shilgan omillar unumdorligi
1-yil
2-yil
So‘nggi
qo‘shilgan
miqdor
Qo‘shilgan omillar
unumdorligi
M/
O
Jalb qilingan capital, ming so‘m
hisobida
120
150
30
1
Ishchi kuchi soni
100
120
20
-
Olingan umumiy mahsulot
100
130
30
1,5
O‘rtacha mahsulot:
100
130
30
-
a) ming so‘m kapitalga
0,83
0,87
0,04
-
b) 1 ishchiga
1
1,08
0,08
-
Yuqorida aytganimizdek, alohida olingan omil evaziga qo‘shilgan mahsulot ma’lum
darajaga borgandan keyin pasaya boshlaydi. Bu pasayish ayniqsa uning har bir birligi evaziga
qo‘shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo‘shilgan omil unumdorligining pasayishiga
qarab, marjinalistlarning vakillari unumdorlikning pasayib borish qonuni degan qonunni kashf
qilishgan. Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga
qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o‘rtacha mahsulot ham pasayib ketadi.
2.4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib
foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish mumkin, degan
muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli
xil muqobil variantlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat
ehtiyojlarini ancha to‘laroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish
imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat a’zolarining
barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi
mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya’ni
tanlashni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Shunday tanlash orqali, resurslarning mavjud
darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish
imkoniyatini ko‘rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun,
iqtisodiy resurslarning to‘liq bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to‘liq hajmini
ta’minlash zarur.
To‘liq bandlilik deganda biz ishlab chiqarishga yaroqli bo‘lgan barcha resurslardan to‘la
unum bilan foydalanishni tushunamiz. Ishchi majburiy ishsiz bo‘lib qolmasligi, iqtisodiyot
ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo‘lgan barchani ish bilan ta’minlashi zarur, haydaladigan
yerlar yoki texnika va texnologiyalar ham bo‘sh qolmasligi lozim.
Ishlab chiqarishning to‘liq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni ulardan
mahsulotning umumiy hajmiga eng ko‘p hissa qo‘shadigan qilib foydalanishni va mavjud
texnologiyalarning eng yaxshisini qo‘llashni ham bildiradi.
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib yanada aniqroq
tasvirlash mumkin (2.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: