2.2-jadval
Resurslar to‘liq band bo‘lganda ishlab chiqarish imkoniyatlari (sh.r.)
Mahsulot turi
Muqobil variantlar
A
B
S
D
E
Avtomobil, mln. dona
0
1
2
3
4
Texnologiya, ming dona
10
9
7
4
0
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi to‘g‘risida yaxshiroq tasavvurga ega bo‘lish
uchun:
-
iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot-avtomobil va
texnologiya ishlab chiqaradi, bunda
avtomobil iste’mol tovarlarini, texnologiya ishlab chiqarish vositalarini bildiradi;
-
iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan o‘zgarmaydi;
-
mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy bo‘lib qoladi, deb faraz qilamiz.
Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning texnologiya va avtomobil ishlab
chiqarish hajmini birdaniga ko‘paytirib borish imkoniyati cheklangan. Resurlarning
cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarishning cheklanganligini bildiradi.
Bunday sharoitda
texnologiya ishlab chiqarishni har qanday ko‘paytirishga resurslarning bir qismini-avtomobil
ishlab chiqarishni kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar avtomobil
ishlab chiqarishni
ko‘paytirish afzal ko‘rinsa, buning uchun zarur resurslar faqat texnologiya ishlab chiqarishni
qisqartirish hisobiga olinishi mumkin.
Jadvalda jamiyat tanlashi mumkin bo‘lgan sanoat texnologiyalari va avtomobil
miqdorining muqobil uyg‘unlashuvi ifodalangan.
A muqobil variantga binoan, iqtisodiyot
o‘zining butun resurslarini texnologiya, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini
ishlab chiqarishga
yo‘naltiradi. E muqobil variantda esa mavjud resurslar to‘lig‘icha avtomobil, ya’ni iste’mol
buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jadvaldagi asosiy g‘oya quyidagicha: har qanday
vaqt oralig‘ida iqtisodiyot to‘la bandlik va ishlab chiqarishning to‘liq
hajmida avtomobilni
ko‘proq ishlab chiqarishi uchun texnilogiyaning bir qismidan voz kechishi zarur. Iqtisodiy
resurslar kamyob bo‘lganligi sababli, iqtisodiyot avtomobil va texnologiya ishlab chiqarish
hajmini bir vaqtda ko‘paytira olmaydi.
Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘idagi har bir nuqta
ikki xil mahsulot ishlab
chiqarishning qandaydir eng ko‘p hajmini ko‘rsatadi. Jamiyat uchun mahsulotlarning erishib
bo‘ladigan har xil uyg‘unlashuvlaridan tanlab olish imkoniyati egri chiziq ichida joylashadi.
Avtomobil va texnologiya ishlab chiqarishning har xil uyg‘unlashuvini amalga oshirish
uchun jamiyat ulardagi mavjud resurslarning to‘la bandligi va ishlab chiqarishning to‘liq
hajmini ta’minlashi zarur. Avtomobil va texnologiyaning barcha uyg‘unlashuvi
ularning eng
ko‘p miqdorini ko‘rsatib, bu barcha mavjud resurslardan esa samarali foydalanish natijasida
olinishi mumkin.
Ishlab chiqarish imkoniyati haqidagi tushunchani chuqurlashtirish uchun jadvalda
keltirilgan ma’lumotlarni rasmda tasvirlaymiz (2.6-rasm).