Microsoft Word Economic theory lecture 2


 Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni



Yüklə 203,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü203,25 Kb.
#167509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Economic theory - lecture 2

2.2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni. 
Ishlab chiqarish jarayoni-bu kishilarni o‘zlarining iste’moli uchun zarur bo‘lgan moddiy va 
ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy 
ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy 
tomonidir. 
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir yoki 
boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko‘rinishini o‘zining iste’moli uchun 
muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat faoliyatidan iboratdir. Ana shu mehnat 
jarayonida kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari 
bilan o‘zaro ma’lum munosabatda bo‘ladilar.
Kishilar o‘zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining 
shakllarini o‘zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo‘lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. 
Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning 
o‘zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o‘zining mehnatga bo‘lgan 
qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo‘llashni kengaytirib boradi. 
Shunday qilib, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun 
maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun 
o‘zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o‘rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi 
hayotining abadiy tabiiy sharoitidir. 
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli sohalar, 
bo‘linmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlarini ifodalaydi. Eng 
avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga
 
ajratish lozim (2.2-rasm). 
Xizmat ko‘rsatish sohasi 
2.2-rasm. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi 
Ishlab chiqarish 
Nomoddiy ishlab chiqarish 
Moddiy ishlab chiqarish 
Moddiy 
ne’matlarni 
ishlab chiqarish 
Moddiy 
xizmatlar 
ko’rsatish
Nomoddiy 
xizmatlar 
ko’rsatish
Nomoddiy 
ne'matlarni 
ishlab chiqarish


O‘z navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish 
(masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) va moddiy xizmatlar 
ko‘rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) dan iborat bo‘ladi. 
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, 
musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish 
(huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish va boshqalar) ga ajraladi. Bu sohalar bir-
biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. 
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan - birinchi va ikkinchi 
bo‘linmalardan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
korxona va tashkilotlarining ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo‘lgan vositalar-stanok, 
mashina, asbob-uskuna, xomashyo va turli materiallar ishlab chiqariladi. Ikkinchi bo‘linmada 
esa xalq iste’moli uchun zarur bo‘lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqariladi. 
Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o‘zida ikkinchi 
bo‘limda va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, 
ikkinchi bo‘linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o‘z navbatida birinchi 
bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o‘rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va 
munosabatlar sodir bo‘lib turadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatni 
(naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi 
qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda 
etishimiz mumkin (2.3-rasm). 

Yüklə 203,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin