2.4-rasm. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab chiqarish
omillarining ro‘li
Shuni ta’kidlash lozimki, naflilikni yaratishda kapital to‘liq
qatnashadi, qiymatni tashkil
topishida
esa qisman, ya’ni uni eskirgan qismi qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida
qatnashayotgan ayrim tabiiy kuchlar qiymatga ega emas, shuning uchun ular tovarning iste’mol
qiymatini hosil qilishda
omil sifatida qatnashadi, lekin qiymatning tashkil topishida,
uning
ko‘payishida qatnashmaydi.
Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: yer, kapital,
ishchi kuchi qatnashadi, qiymatni tashkil topishida esa mehnatning o‘zi qatnashadi.
Bu holat
2.4-rasmda tasvirlangan.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham ikki tomoni
borligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: