Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
«Ota-onasi yoki ulardan biri chaqirganda, farzand javob bermasligi!»
Alloh taoloning g‘azabidan qo‘rquvchi kishi ota-onasini ranjitmaydi, qanday qilib bo‘lsa ham—
ilojini topib, ularning ko‘nglini, roziligini va duolarini oladi.
Hatto xafa qilsalar ham, farzand ularga qarshi bosh ko‘tarmaydi, ularning istaklariga, ko‘ngillariga
qaraydi. Agar ular yanglish, xato va harom ishni taklif etsalar, ularga buni juda muloyim tarzda
bildirishi, ishontirishi va ogohlantirishi lozim bo‘ladi.
Ota-ona ozor bersa, ranjitsa, og‘ir so‘z aytsa ham darhol qo‘llarini-o‘pib, yumshatish, duolarini
olishga kirishish kerak.
Ularga sovg‘alar berish ularni sevintirish va ko‘ngillarini topishning eng qulay yo‘lidir.
Ota-ona keksa bo‘lsa, ularga yordam berish va yolg‘iz qoldirmaslik kerak. Boshqalarning ular bilan
yengil-yelpi muomalalariga yo‘l qo‘ymaslik, xizmatlarini to‘la ado etish uchun qo‘ldan ne kelsa
bajarmoq lozim.
Farzand kichik paytida ota-ona unga qo‘l-qanot bo‘ldilar. Yemadilar, yedirdilar. Kiymadilar,
kiydirdilar. Kenglik-tanglik, bor-yo’q, issiq-sovuq demadilar. Xizmatdan qochmadilar.
Ota-onaning duoibadi — yoydan uchgan o‘q, orqaga qaytmaydi. Nishonga tegadi. Vayron qiladi...
Ota-onasi rozi bo‘lgan farzanddan Alloh ham rozi bo‘ladi. Ota-ona kechirmagan farzandni Alloh
g‘azabiga oladi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday dedilar:
«Jannat — onalar oyog‘i ostidadir». Bu hadisning majoziy ma’nosi. Payg‘ambarimiz ma’noni
ummatga ramzli, qisqa, badiiy va go‘zal bir tarzda yetkazmoqdalarki, aqli bor odam buni anglaydi.
Oyoqdan murod — onaning roziligi, jannatdan murod — Allohning roziligidir.
Boshqacharoq aytganda «Onaning rizoligini olsang, Allohning rizoligi (jannat)ga yetgan bo‘lasan!»
Jannatga kirishga loyiq bo‘lish uchun ota-ona roziligini olish zarur. Ularni xushnud va xursand
qilish zarur.
Alloh taolo Musoga (a.s.) marhamat etdi:
«Ey, Muso! Ota-onasiga yaxshi muomalada bo‘lib, ularning roziligini olgani holda Menga osiy
bo‘lgan qulimni Men yaxshi qullarim qatorida yozaman. Aksincha, Menga qullik xizmatida qusuri
bo‘lmasa ham, ota-onasiga yaxshiliklar qilmay, yaxshi muomalada bo‘lmay, ota-ona roziligini olmagan
qulimni esa osiylar qatorida yozaman!»
Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat etadilar:
«Ota-onaga yaxshilik qilish, ularning xizmatlarida bo‘lish namoz, ro‘za, haj va jihoddan ham
savobliroqdir».
Yana shu mavzuda Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Ota-onasiga yaxshiliklar qilib, yaxshi muomalada bo‘lib, ularni mamnun etgan kishining umri
barakali, uzun bo‘ladi. Aksincha, ularni ranjitib, xafa qilgan kimsaning umri qisqa bo‘ladi».
Qiyomat kun eng og’ir jazolanuvchilar ota-onasini ranjitganlar bo‘ladi. O’sha dahshatli kunda Alloh
rahmatidan ularni uzoq qiladi.
Dostları ilə paylaş: