Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
o‘ylagan yaxshi.
Bir nodon kishini ko‘rganda: «Bu nodon bo‘lganligi uchun ba’zi gunohlarni qilmoqda. Men bilib
gunoh qilyapman. Shuning uchun shu
johil kishi mendan ustunroq, afzalroqdir», deb o‘ylash
yaxshiroqdir.
Imonsiz bir kishiga duch kelganda:
«Vaqti kelib Robbim bunga imon nasib etar va bu zot omonlik bilan dunyodan o‘tadi. Mening
ahvolim qanday bo‘lishi ma’lum emas. Shunday bo‘lgach, bu kishi mendan yaxshiroq», deb o‘zini
fazilatda hammadan past ko‘rishi kerak.
Aksincha, o‘zini xush ko‘rib, katta tutib,
hammadan
yaxshiman degan kimsaning Alloh huzurida hech qanday qiymati va darajasi yo‘q.
Tavozeli (kamtarin) insonni Alloh yuksaltiradi. Kibrlining burni yerga ishqalanadi.
Ey, farzand!
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) marhamat etadilarki:
«Dinda o‘zingdan orqaroqda qolganlarni ko‘rib ujbga tushma. Ujb — kishi o‘zini dindorlik jihatdan
ustun hisoblash kasalligi. Bu xususda doim o‘zingdan ilg‘orlarga qara, ularni ko‘z o‘ngingda
tut va
bandalik xizmati nuqtai nazaridan eng orqada ekaningni esingdan chiqarma! Dunyosi senikidan ko‘p
bo‘lgan boylarga qarama. Doim faqir va nochor, miskin kishilarni ko‘z oldingga keltir.
Shunday ish
tutmasang, qadarga isyon etguvchi (osiy) bo‘lasan. Ishda osoniga emas, zahmatli bo‘lganiga
tolib
bo‘l, shu tariqa Alloh ne’mat berganiga shukr etgan bo‘lasan».
Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat etadilar:
«Dunyoviy har narsasi joyida bo‘lgan kishining dini nuqsonlidir».
Rasululloh (s.a.v.) Abu Hurayra (r.a.) hazratlariga xitoban shunday deydilar:
«Ey, Abu Hurayra! Shariatdan tashqari chiqmasdan, to‘g‘ri yo‘l ko’rsat!
Nodonga bilmaganini
o‘rgat! Shunday ish tutsang, senga shaxid savobi beriladi».
Dostları ilə paylaş: