Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
moddiy, ham ma’naviy jihatdan xavotirli natijalarga olib keladi. Qanday qilib bo‘lsa ham bundan
qochish kerak.
SAVDODA YOLG’ON SO’ZLASHNING YOMONLIGI
Ey, farzand!
Oldi-sotdiga yolg‘on qo‘shganga Alloh rahmat nazari bilan boqmaydi. Bu haqda Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) shunday deydilar:
«Alloh mahshar yerida uch toifa insonga rahmat nazari bilan qaramaydi. Bular:
1.
Oldi-sotdi ishlarida yolg‘on aytguvchi.
2.
Tez-tez qasam ichib oldi-berdi qiluvchi.
3. Yonida suv bo‘lgani holda muhtojdan ayaguvchi (qizg‘anchiq, baxil, xasis)lar.
Alloh
suv bermasdan baxillik, ziqnalik qiluvchilarning mahshargohdagi ahvoli haqida shunday
marhamat etadi:
«Sen Mening suvimni Mening muhtoj kishimdan ayading. Men
ham fazlu rahmatimni sendan
ayayman».
Ey, farzand!
Bir narsani sotib olgan kishi pushaymon bo‘lib, shu narsasini o‘z holicha qaytarib keltirsa,
sotuvchi
o‘sha molni qaytarib olishi kerak. Bu xususda Rasulullohning (s.a.v.) marhamatlari bor:
«Bir kishi bir molni sotsa, olgan kishi pushaymon bo‘lib, xususiyatini o‘zgartirmasdan
qaytarib
keltirsa, yoxud sotuvchi sotganiga afsuslanib qaytarib olishni istasa,
shu istaklarga muvofiq ish
tutingiz. Qiyomat kuni Alloh shunday kishilardan rozi bo‘ladi».
Qaytib olingan mol esa taraflar uchun zarar emas, foyda keltirishi ko‘p
hayotiy tajribalarda
ko‘rilgan.
Dostları ilə paylaş: