Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
istig‘for aytadi va sadaqa beradi.
Ey, farzand!
Keraksiz, foydasiz suhbatdan saqlanmoq lozim. Mazmunli va oz, haqiqiy suhbatlashish va g‘ayrat
qilish kerak. Ham dunyoda, ham oxiratda huzurli bo‘lish shunga bog‘liq. Shuni unutmaslik kerakki,
ko‘p gapirgan - ko‘p xato qiladi.
Allohni ko‘p zikr etish kerak. Allohni ko‘p zikr etuvchining qalbiga ilm, ko‘ngliga hikmat oqadi.
Ey, farzand!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a.) xitoban shunday deydilar:
«Ey, Abu Hurayra! Bir kishiga Alloh Nuhning (a.s.) umri qadar o‘n asrlik yosh bersa, o‘sha kishida
shu uch xislat bo‘lmasa, yillab qilgan ibodatining bir qiymati yo‘q. Bu xususiyatlar shular:
1.
Bilganiga amal etish.
2.
Dunyoviy ehtiyojlarda xasis ham, isrofgar ham bo‘lmaslik.
3. Gunohlardan saqlanish. Gunoh qilishdan ko‘ra olovda yonmoqni afzal ko‘rish».
Taqvo sohibi bo‘lish uchun U farz qilgan narsalarni o‘rniga qo‘yib ado etib, gunoh ekanini bildirgan
narsalarni tark qilish shartdir.
Dostları ilə paylaş: