Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/58
tarix20.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#145741
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

YO’LDOSHLIK ODOBI 
Ey, farzand!
Bir kishiga yo‘ldosh bo‘lgan yo‘lda do‘stiga, yo‘ldoshiga mos harakat qilishi, tez yoki sekin yurib, 
uni mashaqqatli holda qoldirmasligi kerak. 
Yo‘lda yo‘ldoshni yolg’iz tashlab, bir tomonga g‘oyib bo‘lmaslik lozim, yo‘l davomida maxsus ishi 
uchun yo‘ldosh(ni) kutib turish kerak. Yo‘lda yo‘ldoshni iztirobga, qayg‘uga qo‘yish ikkiyuzlamachilik 
— munofiqlik alomatidir. 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
Qo‘ldan kelgancha yo‘ldoshning haqqini ko‘zlash, mamnun etadigan harakatlar qiling. 
Ajrashayotganda rozilashish, yo‘lda yeb-ichishda unga qulaylik ta’minlash, sabrli bo‘lish odobdandir. 
KASALNI ZIYORAT QILISH ODOBI 
Ey, farzand!
Xasta ziyorati dinimizda juda muhim ibodat hisoblanadi. Xasta ziyoratiga borishingizda eshikka 
yaqinlashgach, yo‘talib yoki tomoq qirib ichkaridagilarni tashrifidan ogoh qilish kerak. Iloji bo‘lsa, 
xasta boshidagilar ziyoratchi ichkari kirmasidan, uning kimligini bilishlari lozim. 
Ziyoratchi «Bismilloh» bilan bemor huzuriga kirib, salom berishi, uning o‘ng tomonida o‘tirishi, 
qo‘lini qo‘liga olib, xastani sevintiruvchi, ko‘nglini ko‘taruvchi yaxshi so‘zlar aytishi, ziyoratni cho‘zib 
yubormasligi, bemordan ruxsat olib, turishi kerak. 
Xasta qarindosh, do‘st yoki qo‘shni bo‘lsa, ehtiyoji so‘ralib, ketishi, xulosa qilib aytganda, xastaga 
iztirob emas, quvonch berib, ko‘nglini olishi kerak. U yoqtiradigan yegulik olib borish juda o‘rinlidir. 
Qayg‘u-iztirobda bo‘lgan xastani so‘z va har xil munosabatlar bilan xafa qilishdan qo‘rqish, 
Allohdan shifo tilab, xayrlashish lozim. 
 
JANOZAGA BORISH ODOBI 
Ey, farzand!
Janozaga iloji boricha jamoat bo‘lib borish, marhumning yaqinlari ko‘nglini olib, xizmatlar qilib, 
yordam berish kerak. Ta’ziya izxor qilib, tasalli so‘zlar aytish, marhum uchun rahmat va mag‘firat 
tilash kerak. 
Lozim bo‘lsa kafanlik va boshqa xizmatlarda yordam berish, dafn ishi oxirigacha jamoatdan 
ayrilmaslik kerak. 
Agar zarur bo‘lmasa, ulov minmasdan yayov borgan yaxshiroq. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir 
janozaga yayov borib, qaytishlarida hozirlangan ulovga minib qaytdilar. Ashobdan ba’zilar buning 
sababini so‘rashganda, Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar: 
«Mayit qabrga ko‘tarib ketilayotganda farishtalar ham birga borishadi. Ularga muvofiq bo‘lmoq 
uchun men ham ulov minmadim. So‘ng farishtalar qabristonda qoldilar, biz bilan birga qaytishmadi. 
Men ham shuning uchun qaytishda ulovga mindim».
Janoza namozini o‘qib, qabristongacha bo‘lgan xizmatlar uchun beriladigan savobni aytib ado qilib 
bo‘lmaydi. Shuni yaxshi bilmoq kerakki, xizmat qilgan xizmat ko‘radi. Xizmatdan qochganning esa 
xizmatidan qochishadi. 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin