Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc


KEKSALARGA HURMAT KO’RSATISH



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/58
tarix20.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#145741
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

KEKSALARGA HURMAT KO’RSATISH 
Ey, farzand!
Keksalar suhbatidan bahramand bo‘lish lozim. Ular oldida mahmadonalik qilib, so‘zlarini bo‘lib, 
fikrlari tufayli ularni uyaltirib, xijolat etish odobdan emas. 
Yoshi va mavqei sendan ulug‘larga aql o‘rgatma. So‘raganlariga bilganingcha javob ber. 
Bilmaganingni gapiraman deb o‘zingni mashaqqatga qo‘yma. Bilmaganini so‘zlagan oxirida uyatli 
ahvolga tushib qoladi. 
Ikki kishi suhbatlashayotganda orasiga suqilma. Suhbatlashayotganda xolis bo‘lishga harakat qil. 
Bir kishi bilan yuzma-yuz turib so‘zlashayotganda mahmadonalik, oliftalik qilib o‘ngga, chapga 
qarayverish uni mensimaslik sanaladi. Bu esa ayb, suhbatdosh bundan qattiq ranjishi mumkin. 
Yo‘lda keksalarga duch kelganda salomlashish, tanish bo‘lsa hol-ahvol so‘rash lozim. Keksalarga 
qo‘ldan kelganicha yordam qilib, duolarini olish kerak. Qo‘llarida yuk bo‘lsa muhaqqaq ko‘tarishga 
yordamlashish zarur. 
Keksalar bilan yo‘ldosh bo‘lganingizda, bir joyga tez yetib bormoqchi bo‘lsangiz, ruxsat olib, uzr 
so‘rab, shundan so‘nggina jadal odimlash mumkin. 
Rasululloh (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday deganlar: 
«Kichiklarni yaxshi ko‘rib, mehr-shafqat bilan bag‘riga bosmagan, kattalarni, ulug‘larni hurmat 
qilishda qusurga yo‘l qo‘ygan bizdan emasdir». 
 
HAKAMLAR BILAN BIRGA BO’LISH ODOBI 
Ey, farzand!
Hakam huzurida qarshi taraf bilan urishma. Kelishishga harakat qil. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir 
hadisi shariflarida marhamat etadilar: 
«Bir kishi avval da’vo qilib, so‘ngra da’vosidan voz kechsa, Alloh taolo o‘sha kishiga jannatda bir 
ko‘shk hozirlaydi va darajasini ham ko‘taradi». 
Hokim va hakam huzurida baqirib-chaqirmasday, g‘azablanmasdan so‘zlash va so‘zlashish lozim. 
Shoshilib so‘zlash noto‘g‘ri. Shoshilib, g‘azablanib bir maqsadni amalga oshirish mushkul. Qarshi 
tarafga ham insof bilan so‘zlash, shariatda ayb, uyat hisoblangan so‘zlarni aytishdan qat’iyan tiyilish 
kerak. Odam o‘z so‘zining qayoqqa qarab ketayotganini, qanday oqibatlarga olib kelishini bilib, o‘ylab 
so‘ylashi, ayniqsa bu odobga hakam huzurida bo‘lganda juda e’tibor etish darkor. 
Og‘izga kelgan so‘zlarni aytaverish so‘zlovchi zarariga, hatto halokatiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin