Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc


NODONLAR MAJLISIDA BO’LISH ODOBI



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/58
tarix20.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#145741
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

NODONLAR MAJLISIDA BO’LISH ODOBI 
Ey, farzand!
Johillar qatnashgan majlisda haddan ziyoda hazillashmaslik, ko‘p gapirmaslik, ular bilan ortiqcha 
opoq-chapoq bo‘lmaslik kerak. Nodon va hayotiy tajribasi kam kishilar ko‘ngilni vayron qilib, orani 
buzib qo‘yishlari mumkin. Shuning uchun ularning haddan oshishlariga zamin hozirlamaslik darkor. 
Iloji boricha, ular bilan ulfat bo‘lmaslik, majbur bo‘lib qolganda, o‘zni chetroq tortib, kuzatish kerak. 
Bir kun Umarning (r.a.) o‘g‘li Abdulloh uyi oldida turganda, eshiklari yaqinidan bir o‘g‘il bola o‘tib 
ketdi. Shunda Abdulloh yuzlarini o‘girib, uylariga kirib ketdilar. U yerda bu holni ko‘rganlar sababini 
so‘raganlarida u zot: 
«Men Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) eshitdim. U zot (s.a.v.) shunday marhamat etdilar: «Soqol-
mo‘ylovi chiqmagan o‘g‘il bolaga qaramoq qiz bolaga qaramoq kabi. Ularga diqqat bilan tikilib qarash 
harom. O’g‘il bola bilan fe’liy munosabatda bo‘lish la’nati bir ishdir. Shu tarzda bir o‘g‘il bolani o‘pmoq, 
shu yoshdagi qiz bolani o‘pmoq kabidir...» 
Sufyon Savriy hazratlari bir kun hammomga bordilar. U yerda hali soqol-mo‘ylovi chiqmagan bir 
o‘g‘il bolani ko‘rdilar va marhamat etdilar: «Yolg‘iz ayolning yonida har doim shayton bordir. Yosh 
o‘g‘il bolaning yonida esa har doim o‘nta shayton bo‘ladi. Bu xususda diqqat-e’tiborli bo‘lish lozim». 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
DO’STLASHISH ODOBI 
Ey, farzand!
Ikki do‘st va’dalariga vafodor, bergan so‘zlariga sadoqatli bo‘lishlari yaxshidir. Bir joyda ma’lum 
soatda ko‘rishmoqni ahdlashganlarida aslo kech qolmasdan, ertaroq borganlari ma’qul. 
Do‘stlar bilan uchrashganda kinoyali, qochirim so‘zlar emas, aksincha, bir-birlariga ochiq, samimiy 
hurmatni ifodalovchi so‘zlar aytmog‘i a’lodir. Bir-birini ziyorat etishlari uchun xabar berishlari, 
to‘satdan tashrif buyurmasliklari kerak. Ruxsatsiz do‘st do‘stning eshigini ochmasligi, uy egasidan 
oldin uyga kirmasligi, taklifsiz uy ichida kezmasligi lozim. 
Uyga kirib o‘tirgach, bir narsa qidirayotganga o‘xshab u yoq, bu yoqqa alanglayvermaslik kerak. 
Dasturxonga uy sohibidan oldin qo‘l uzatmaslik, oldidan taomlanish, dasturxonning har tarafiga qo‘l 
cho‘zmaslik lozim. 
Luqmani katta va tez olmaslik, ovqatlanayotganda zaruratsiz suhbatlashmaslik, uyda ko‘p 
o‘tirmaslik, uy sohibining xotini va bolalariga diqqat bilan tikilmaslik kerak. 
Uydan chiqayotganda kamtarin so‘zlar bilan xayrlashish va yana ko‘rishish uchun uyiga 
mehmonga taklif etishni unutmaslik kerak. Do‘st do‘stga imkoniyati yetganicha eng yaxshi taomlarni 
ikrom etmog‘i lozim. Qarzdor bo‘lib, iztirobga tushgan holda ikrom etishdan tiyilgan ma’qul. 
Xabar berib kelgan do‘stini uy sohibi uydan tashqari chiqib hurmat bilan salom berib, alik olib 
«Xush kelibsiz» deya yaxshi so‘zlar bilan kutib olishi va iltifot ko‘rsatishi ma’quldir. 
Mehmon uyning eng munosib joyiga, masalan, to‘rga, uy egasi undan pastroqqa o‘tirmog‘i 
muvofiqdir. Mehmondo‘stlik islomiyatda juda muhimdir. 
Mehmon kuzatilayotganda mezbon bilan oralarida xayrli duolar aytilishi ma’qul. 
Mehmon va mehmondo‘stlik, ya’ni mezbon xususida shularga diqqat qilish lozim. 
Avval mehmondan hol-ahvol so‘raladi. Dasturxon yozishda, taom tortishda sustkashlikka yo‘l 
qo‘yilmaydi. Ovqatdan so‘ng mehmon yonida uzoq o‘tirmaydi, charchagani e’tiborga olinib, tezda 
to‘shak hozirlanadi, tahoratxona va hojatxona ko‘rsatiladi. Yotguncha unga yordam beriladi. 
Ertalab ketadigan mehmonning taomi kechiktirilmaydi. Qoluvchi mehmonning xizmatida 
kamchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Mehmon ketayotganda ma’lum bir joygacha kuzatib qo‘yish ham 
odobdandir. 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin