Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
39
odobga, so‘ng esa sog‘liqqa to‘g‘ri kelmaydi. Farzandning ota-onasiga, ustoziga, er-xotin bir-biriga,
shogird va xalifaning ustasi va piriga suv berishida bir zarar yo‘q, aksincha bu odobdir. Duch kelgan,
tasodifiy kishidan suv so‘rash to‘g‘ri emas.
TO’Y VA BOZOR ODOBLARI
Ey, farzand!
To‘y va shunga o‘xshash ko‘ngilxushlik joylariga borilganda oshkor gunoh qilayotganlar guruhiga
qo‘shilib, ular bilan birga gunoh orttirmaslik, borar-bormas oldingi safda ko‘rinishga harakat qilmaslik
ma’qul.
Jamoat holida bo‘lgan yig‘inlarda xizmatdan qochmaslik, atrofdagi yeb-ichiladigan taomlarga qo‘l
urmaslik, borganda va qaytayotganda salom berish odobdandir.
Ey, farzand!
Bir jamoatda suv yoki choy tarqatish xizmati tushadigan bo‘lsa, mavqei va yoshiga qarab navbati
bilan bu ishni davom ettirish kerak. Bu ish o‘ngdan boshlanib, so‘nggiga yetkazilgach suv idishlari
joyiga qo‘yiladi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Bir kishi ehtiyojli bir kishiga suv ikrom etsa, Alloh taolo o‘sha kishiga barcha xalqni
tiriltirganchalik savob beradi».
Ya’ni chanqagan odamga suv berishning savobi shunchalar ulug’ va cheksiz.
Yana bir hadisi shariflarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat etadilar:
«Ey,
sevimli ashobim! Qiyomatgacha kelguvchi ummatlarim! Oyoqda (tik) turgan holda suv
ichmang! Bunday qilishingiz o‘zingiz (taningiz)ga bir necha kasallikni chaqirishingizdir. Faqat tahorat
olib bo‘lgach, qolgan suvdan uch yutum va zamzam suvini oyoqda turib ichmoq zarar bermaydi. Bu
zamzam va tahorat suviga hurmatan ibodatdir».
Bozorga o‘xshash odam gavjum joylarga kirayotganda, duo qilib Allohga sig‘inmoq foydalidir. Bu
haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Kim bozorga va shunga o‘xshaga odam gavjum joylarga kirayotganda shu duoni o‘qisa, o‘sha
kishining ming gunohi afv etilib, mingta savob beriladi. Duo budir:
«LA ILAHA ILLALLOHU VAHDAHU LA SHARIYKA LAHU. LAHUL MULKU VA LAHUL HAMDU. YUHYI
VA YUMIYTU VAHUVA HAYYUN LA YAMUTU. BIYADIHIL XOYRU VA HUVA ALA KULLI SHAYIN
QODIYR». Bozor va shunga o‘xshash odamlar ko‘p joylarda qo‘pol harakatlar qilib, yelka bilan urib,
turtib birovlarni ranjitmaslik, yo‘llarga, maydonlarga, duch kelgan yerga tupurmaslik, burun qoqmaslik
kerak. Jamoat ichida yolg‘iz ovqatlanmaslik, hech kim bilan urishib-tortishmaslik, g‘avg‘o ko‘tarmaslik
lozim. Yolg‘on aytmaslik, hech kimni aldamaslik va aldanmaslikka harakat qilmoq darkor.
Bozordan olingan yeguliklar ko‘zdan yashirin, berk, o‘rog‘liq holda keltirilgani maqsadga muvofiq,
ularga faqirlar va bolalarning ko‘zlari tushmagani ma’qul, bordi-yu ko‘zlari tushsa, ularga berib,
tottirgan yaxshi. Uyga ochiq chehra bilan qaytib, uydagilarni sevintirgan a’lodir. Oila a’zolarini va
boshqalarni shodlantirganni Alloh oxiratda sevinchli martaba va maqomlarga yetkazadi. Shunday
go‘zal maqomlarki, mahshar xalqi hayratdan lol qoladi.
Dostları ilə paylaş: