UYGA KIRIB-CHIQISH, OVQATLANISH ODOBI
Ey, farzand!
Tashqaridan kelganda, uyga Ixlos surasini o‘qib kirish sunnat hisoblanadi. Bu haqda
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Uyga kirayotganda Ixlos surasini o‘qigan kishi yo‘qchilik yuzini ko‘rmaydi».
Bir kun Suhayl ibn Said (r.a.) Rasulullohga (s.a.v.) kelib, faqirligidan shikoyat etdi. Rasululloh
(s.a.v.) marhamat etdilar:
«Ey, Suhayl! Tashqaridan uyingga kelib, ichkari kirganingda salom ber, so‘ng «Qulhuvallohu
ahad» surasini so‘nggigacha o‘qi!»
Shundan so‘ng Suhayl (r.a) Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlaridek, Ixlos surasini o‘qishda davom
etdilar. Qisqa muddatda boy bo‘lib, kambag‘allikdan qutuldilar. Bir qancha kishilar uning boyligidan
foydalana boshladilar.
Tashqaridan uyiga kelgan kishi avval «Bismillahir rohmanir rohiym» deb, o‘ng oyog‘ini eshikdan
ichkari qo‘yadi. Uyda odam bor-yo‘qligiga qarab salom beradi. Va bir marta «Qul huvallohu ahad»
surasini o‘qiydi. Ketidan «Oyatal kursi»ni o‘qisa, shaytonlar uyga kirisholmaydi. Keyin nima qilsa
«Bismilloh» aytib qilaveradi. Ovqat tayyor bo‘lsa, uydagilar bilan birga ovqatlanadi. Uy a’zolarining
hammasi dasturxon atrofida to‘planmaguncha, ovqatlanish boshlanmaydi. To‘planishgach,
«Bismilloh» bilan ovqatlanishni boshlab, ovqatlanib bo‘lgach, bir marta Ixlos surasini o‘qib, ketidan
shunday duo etiladi:
«ALHAMDU LILLAHILLAZIY AT’AMANIY HAZAT TOAMA VA ROZAQONIY MIN G’OYRI HAVLIN VA
LA QUVVAH».
Shunday qilinsa, taom yeyish shukri o‘rinlatilgan bo‘ladi. Ovqatning orqasidan darrov suv ichish
sog‘liqqa zarar ekani ma’lum.
Uyda odam bo‘lsa, kirayotganda «Assalomu alaykum!» deyiladi. Uyda hech kim bo‘lmasa
«Assalomu alayna va ala ibadilaqis solihiyn!» deya salom beriladi.
Dostları ilə paylaş: |