Microsoft Word faoliyat va xulq-atvor motivatsiyasi



Yüklə 302,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix05.09.2023
ölçüsü302,87 Kb.
#141597
1   2   3   4   5   6   7   8
“Umumiy psixologiya” fanidan (1)

 
 
 
 


36 
Xulosa 
Xulosa o’rnida shuni keltirish mumkinki, yuksak insoniy, umumbashariy 
his-tuyg‘ular 
fuqarolar 
xatti-harakatlarining, 
fe’l-atvorlarining 
regulyatori 
(boshqaruvchisi) vazifasini (funksiyasini) bajara boshlagan daqiqalardan e’tiboran 
umumiy, ijtimoiy-psixologik negizlarga asoslanuvchi ommaviy harakatlar, 
qarashlar, g‘oyalar, motivatsiyalar namoyon bo‘ladi va har bir insonda shu 
umumiyat ishiga o‘zining shaxsiy ulushini qo‘shish istagi, mayli, xohishi vujudga 
keladi. Mamlakatimiz fuqarolarining yurtimizda va uning tashqarisida sodir 
bo‘laetgan ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik voqelikka, shaxslararo va millatlararo 
muomala xususiyatiga, maromiga, umuminsoniy hamda milliy qadriyatlarga 
nisbatan 
munosabatlari 
ijtimoiy 
muhitni 
(makro, 
mikro, 
mezo 
)
harakatlantiruvchi kuchni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Xalq ommasining jamiyatga, tabiatga, yakka shaxsga nisbatan munosabatlari 
ehtiyojlarda, xohish-istaklarda, qiziqishlarda, xulq-atvor (faoliyat, muomala) 
motivlari yoki motivatsiyalarida, iymon-e’tiqodda, qarashlarda, g‘oyalarda, milliy 
an’analarda o‘z ifodasini topadi.Munosabatlar negizida esa inson ongidagi 
timsollar, tasvirlar, tasavvurlar, taassurotlar, kechinmalar, irodaviy xislatlar, 
xarakter sifatlari, yuksak his-tuyg‘ular, aql-zakovat, barkamol shaxsning barqaror 
fazilatlari yotadi. Milliy istiqlol mafkurasining mustaqilligi, mustahkamligi, 
barqarorligi,qudratliligi mamlakatimiz fuqarolarining istagi, intilishi, faoliyat 
rejasi, xulq-odobi, 
muomala 
maromi, 
yaqqol vazifasi bilan bevosita 
uyg‘unlashuviga bog‘liq. 
Shuni ta’kidlash joizki, insonning ijtimoiy hodisalarga, holatlarga, 
voqeliklarga nisbatan munosabatining psixologik mohiyati uning ongli, faol, 
yaxlit, maqsadga yo‘naltirilgan, ijtimoiy shartlangan shaxsiy tajribasining tizimiga 
asoslangan muvaqqat aloqalarining hamda sub’ktiv jabhalarning majmuasidan 
iboratligidadir. 
Hodisa va voqeliklarning fuqaro (omma, xalq) tomonidan baholanishi 
va berilgan bahoning oqilligi, haqchilligi yoki uning his-tuyg‘ular, emotsional 
kechinmalar 
tazyiqi 
ostida 
amalga 
oshirilganligi 
kayfiyat, 
shijoat, 


37 
asabiylashish(affekt), zo‘riqish, tanglik(stress) jarayonlarida yuzaga keladi. 
Ijtimoiy munosabatlar bilan g‘oyalar o‘rtasidagi jarayonlarning o‘zaro muvofiqligi, 
qarama-qarshiligi, nizoli, mojaroli xususiyatga ega ekanligi ommaviy baholashning 
asosiy ko‘rsatkichi vazifasini bajaradi. Ijtimoiy hodisalar va holatlarni baholash 
yakka shaxs, guruh, jamoa tomonidan taqlid (imitatsiya), yuqtirish, yuqish, 
ishontirish, ta’sir o‘tqazish kabi psixologik vositalar orqali ijtimoiy turmushda 
amalga oshadi. Insonning biron-bir narsaga yoki holatga taqlid qilishi ixtiyoriy 
tarzda vujudga kelsa, ommaviy yuqish esa ixtiyorsiz ravishda hosil bo‘ladi. 
Tabiatda yoki jamiyatda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan voqelik yuzasidan dalillar 
keltirish, bildirilgan fikrni mantiqiy shakllar(hukm, xulosa, tushuncha) yordami 
bilan asoslash tufayli shaxs shu narsaga ishontiriladi, buning natijasida fikrlarda 
(mulohazalarda) umumiylik ro‘y beradi. 
Yakka shaxsga yoki muayyan guruhga ta’sir o‘tkazishdan iborat vosita 
orqali hodisalarga baho berishda rag‘batlantirish, jazolash, qo‘rqitish, homiylik va 
vosiylik qilish, va’da berish yo‘llaridan foydalaniladi. YUzaga kelgan, sodir 
bo‘lgan hodisa yoki holatni ommaviy tarzda baholash jamoa a’zolarining aql-
zakovatiga, ma’naviy-madaniy darajasiga, mentalitet ko‘rsatkichiga, qarashlariga, 
e’tiqodlariga, fikrlashning mustaqilligiga, ijodiyligiga, fikrning chuqurligi
teranligi va tezligiga, favqulodda yuzaga kelgan yaqqol sharoitga bog‘liqdir. 
Ijtimoiy munosabatlar omma orasidagi stereotiplar, assotsiatsiyalar, 
identifikatsiyalar, refleksiya va antitsipatsiyasiyaga asoslanadi. Ommaning ijtimoiy 
va shaxsiy tajribasi bilan diniy ta’limot o‘rtasidagi uzviy aloqalar ham o‘zaro 
munosabatlar mohiyatiga ta’sir etadi. SHaxslararo, millatlararo munosabatlar 
majmuasi esa motivatsiya(motiv) negizda mujassamlashadi. Oddiy turtki sifatidagi 
motiv takomillashuv evaziga motivatsiyaga(motivlar majmuasiga) o‘sib o‘tadi. 
Faoliyat, xulq-atvor, muomala motivi,motivatsiyasi regulyator funksiyasini bajarib, 
faollik manbai, qat’iylilik ifodasiga aylanadi. Motiv anglanilmagan(biologik), 
anglanilgan(psixologik 
verballik, 
noverballik(ijtimoiy 
psixologik) 
bosqichlari(darajalari)ga egadir. Motivatsiya shaxsiy, ijtimoiy, kasbiy, etnik, 
gender, status xususiyatlaridan iborat. 


38 

Yüklə 302,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin