73
mehnatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to`lashning
tarmoq setkalari ishlab chiqilgan.
// guruh ~ "Ish haqiga ustamalar" (Ish beruvchilarning
ajratmalari):
Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda
hisoblanadigan yagona ijtimoiy to`lov summasi aks ettiriladi.
Xarajatlar hisoblab chiqilgan
mehnat haqi fondi summasiga
nisbatan o`rnatilgan foizlarda hisoblanadi. 2014-yil uchun
yagona ijtimoiy
to`lov miqdori mehnat haqi fondiga nisbatan 25 foiz qilib
belgilangan
1
.
III guruh - "Kapital qo`yilmalar" guruhi bo`yicha xarajatlar
Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro`yhatlarga
muvofiq alohida tarzda rejalashtiriladi. Bu xarajatlar alohida
budjet tashkilotining smetasida rejalashtirilmaydi.
IVguruh - "Boshqa xarajatlar" tarkibiga quyidagi xarajat
turlari va ularga mos xarajat kodlari kiradi:
- "Xizmat safar xarajatlari"
- "Kommunal xizmatiarni to`lash xarajatlari"
- "Telefon, telekommunikatsion
va axborot xizmatlari
xarajatlari"
- "Joriy ta'mirlash xarajatlari"
- "Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni
to`lash xarajatlari"
- "Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa
buyumlami va oziq-ovqat mahsulotlarmi sotib olish xarajatlari"
- "Boshqajoriy xarajatlar".
IV guruh moddalari bo`yicha xarajatlarni rejalashtirish va
hisob-kitob qilishning eng umumiy boigan
o`ziga xos
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi;
- natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi;
- hisoblagichlarning ko`rsatkichlan bo`yicha o`tgan
yildagi
haqiqiy xarajatlar inobatga olinadi;
- har bir birlik uchun o`rnatilgan xarajat me`yorlariga rioya
etiladi;
- energoyoqilgi va boshqa resurslami iqtisod qilish rejimiga
rioya etiladi.
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda budjet amaliyotidagi
o^zgarishlar, "Davlat budjetining g’azna ijrosi to`g
;
risida"gi
Qonun-ning qabul qilinishi va budjet tashkilotlari xarajatlarini
moliyalashtirish mexanizmining o`zgarishi munosabati bilan
amaldagi 414-son Qarorga 2007-yil, 19-iyul 148-son Vazirlar
Mahkamasining Qarori bilan qator o`zgartirishlar kiritilishi,
2007-son "Davlat budjetining g’azna ijrosi Qoidalari"ning qabul
qilinishi, 2157-son "O`zbekistoRespublikasi
Davlat budjetida
turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini
tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro`yhatdan o`tkazish tartibi
to’g’risida
Nizom"ning
kuchga
kirishi,
2013-yilda
O`zbekistoRespublikasi Budjet Kodeksining qabul qilinishi
bilan
budjet tashkilotlari
xarajatlarini rejalashtirish
va
to`lovlarini amalga oshirish tartiblari tubdan o`zgardi.
Ushbu
hujjatlarga
muvofiq,
g’azna
ijrosiga
o`tgan
budjet
tashkilotlarining xarajatlari Moliya vazirligining g`aznachiligiva
uning hududiy bo`linmalari tomonidan yagona g’azna hisob
raqamidan,
shuningdek,
smetada
ko`rsatilgan
xarajatlar
guruhiarining har bir moddasi bo`yicha g’aznachilik hisob
raqamidan amalga oshiriladi. Bu tadbirlar budjet tashkilotlari
xarajatlarini to`lovlari va oqilona rejalashtirish,
mavjud
resurslardan samarali foydalanish, mablag`larni iqtisod qilish,
budjetdan tashqari mablag`larni jalb qilishga yangicha talablarni
qo'ymoqdaki, ushbu talablar budjetdan moliyalashtirish, budjet
tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish
va xarajatlar smetasini
tuzish hamda ijro etish jarayonlarini chuqurroq o
4
rganishni talab
etadi.