Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
80
gunohdir!» deyilgan (Hujurot surasi, 12).
5. Eshitgan gapi uni josuslik qilishga va gapning tagiga yetish uchun harakat qilishga
undamasligi lozim. Chunki yuqoridagi oyatning davomida: «(O‘zgalarning ayblari
ortidan) josuslik qilib yurmanglar», deyilgan.
6. Chaqimchi keltirgan gaplarni boshqalarga yetkazmasligi darkor.
Bir kishi Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhuga bir odam haqida nimadir dedi. Umar
unga: «Ey sen,
agar xohlasang, gapingni tekshirib ko‘ramiz: bordi-yu yolg‘on gapirgan
bo‘lsang, unda sen: «Agar sizlarga bir fosiq kimsa
biron yomon xabar keltirsa, (u
xabarni) aniqlab, tekshirib ko‘ringlar», degan oyatdagi fosiqlardan bo‘lasan. Agar rost
gapirgan bo‘lsang, unda sen «g‘iybatchi-yu, gap tashuvchi» kimsalardan bo‘lasan.
Xohlasang, afv qilamiz», dedi. Shunda haligi kishi: «Afu aylang, ey Amiral mo‘minin.
Endi sira bu ishga qaytmayman», dedi.
Bir kishi Sohib ibn Ubbodga yetim molini olishga undovchi varaqa ko‘tarib keldi. Holbuki,
uning mol-mulki ko‘p edi. U zot varaqaning orqa tomoniga: «Chaqimchilik
garchi rost
bo‘lsa ham qabih amaldir. Mayyitni Alloh rahmat qilsin, yetimni o‘nglasin,
mol Allohning
in’omi, unga ko‘z olaytiruvchini Alloh la’natlasin», deb yozdi.
Hasan Basriy hazratlari aytganlarki: «Kim senga bir gapni yetkazsa,
bilginki, u sening
gapingni ham boshqalarga yetkazadi».
«Kim
senga gap tashisa, sening gapingni boshqaga tashiydi», degan jumla odamlar
orasida keng yoyilgan.
Ibn Muborak rahimahulloh: «Haromi (zinodan bo‘lgan) bola gap yashirmaydi», deb
chaqimchilik qiladigan har bir inson haromi bo‘lishi mumkinligiga
quyidagi oyatni dalil
qilganlar:
Dostları ilə paylaş: