«Qo‘pol va bulardan tashqari benasab – haromi kimsaga itoat etmang!» (Qalam
surasi, 13).
Rivoyat qilishlaricha, salafi solihinlardan biri birodarini ziyorat qilganida, birodari u zotga
boshqa birodari haqida yomon gaplarni gapiribdi. Shunda u zot: «Ey birodar, g‘iybatni
juda cho‘zib yubordingiz va uchta jinoyat sodir etdingiz: menga birodarimni yomon
ko‘rsatib qo‘ydingiz, u bilan qalbimni mashg‘ul qildingiz va o‘zingizga bo‘lgan ishonchdan
mahrum qildingiz», degan ekan.
Bir kishi Ali ibn Husayn roziyallohu anhmoga: «Falonchi sizni haqorat qildi va siz
haqingizda bundoq, bundoq dedi», degan ekan, u zot: «Meni uning oldiga olib bor»,
debdilar. U o‘zini himoya qilsa kerak, deb o‘ylabdi. Haqorat qilgan kishining oldiga yetib
borishgach, u zot: «Ey birodar, agar men haqimda gapirgan gaping haq bo‘lsa, Alloh
meni mag‘firat qilsin. Bordi-yu men haqimda gapirgan gaping noto‘g‘ri bo‘lsa, Alloh seni
mag‘firat qilsin», degan ekanlar.
Abu Lahabning xotini chaqimchilik qilib, gap tashib yurgani uchun Qur’oni karimda «o‘tin
orqalagan», deb vasf qilingan. Chaqimchilik adovatga sabab bo‘lgani bois «o‘tin», deb
nomlangan. Ma’lumki, o‘tin olovning alangalanishiga sabab bo‘ladi.
Aytishlaricha, chaqimchining ishi shaytonning ishidan ham zararliroqdir. Chunki