www.ziyouz.com kutubxonasi
86
va eriga itoat qilsa, jannatning istagan eshigidan kiradi», deyilgan (Ibn Hibbon rivoyati).
Rivoyat qilinadiki, eriga itoatkor ayol haqiga, modomiki eri undan rozi bo‘lar ekan,
havodagi qushlar, suvdagi baliqlar, osmondagi farishtalar hamda quyosh va oy istig‘for
aytadi.
Qaysi bir ayol eriga osiylik qilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning
la’nati yog‘iladi.
Qaysi bir ayol erining yuziga xo‘mrayib qarasa, to eriga tabassum qilib, ko‘nglini
olmagunicha, Alloh undan norozi bo‘ladi.
Qaysi bir ayol uyidan erining ruxsatisiz chiqsa, to qaytgunicha, unga farishtalar la’nat
aytishadi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Do‘zaxga boqib, uning ko‘pchilik ahli
ayollar ekanini ko‘rdim».
Buning sababi ayollar Alloh va rasuliga hamda erlariga kam itoat qilib, ko‘p yasan-tusan
qilishlaridir. Ya’ni, ular ko‘chaga chiqqanlarida pardoz-andoz qilib, o‘zlariga zeb berib,
chiroyli, yaltir-yultir kiyimlarini kiyib, begona erkaklarni fitnaga solib yuradilar. Shuning
uchun ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi avratdir. Agar u uyidan
chiqsa, shayton unga ko‘z tikadi», deganlar (Tabaroniy rivoyati).
Ayol qanchalik uyida muqim bo‘lsa, shunchalik Allohga yaqin bo‘ladi.
Boshqa bir hadisi sharifda shunday deyilgan: «Ayollar avratdir. Bir ayol uyidan chiqadi
va uning xayolida yomonlik bo‘lmaydi. Biroq shayton unga ko‘z tikadi va: «Sen qaysi
erkakning oldidan o‘tsang, uni ajablantirding», deydi. Aniqki, bir ayol kiyimlarini kiyib
oladi. Unga: «Qayoqqa ketyapsan?» deyilsa, u: «Kasalni ko‘rib kelaman» yoki
«Janozaga qatnashaman» va yo «Masjidda namoz o‘qiyman», deydi. Holbuki, hech bir
ayol Rabbiga uyda ibodat qilganidek ibodat qilgan emas» (Tabaroniy rivoyati).
Shayton ayolning yelkasiga minib olishining sababi – u uyidan tashqariga chiqqan va
shayton o‘ziga hokim bo‘lib olishiga yo‘l ochib bergan. Hech bir ayol Rabbiga ibodat qilib,
eriga itoat qilib, uyida o‘tirganichalik, Alloh roziligini qozonishga intilmagan.
Ali roziyallohu anhu ayollari Fotimadan: «Ey Fotima, ayol kishi uchun eng yaxshi narsa
nima?» deb so‘raganlarida, u zoti sharifa: «U (begona) erkaklarni ko‘rmasligi va
(begona) erkaklar uni ko‘rmasligi», deya javob berganlar.
Ali roziyallohu anhu: «Uyalmaysizlarmi? Rashkingiz kelmaydimi?! Xotiningiz erkaklar
orasiga chiqib yurishiga imkon berasizlar-da, yana u ularga qaraydi, ular unga qaraydi,
deysizlar», der edilar.
Ummu Salama roziyallohu anho aytadilar: «Maymuna ikkimiz (bular Payg‘ambarimiz
sollallohu alayhi vasallamning ayollardir) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
huzurlarida edik. Bir payt Ibn Ummu Maktum kela boshladi. Bu voqea hijobga
buyurilganimizdan keyin bo‘layotgan edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Undan