Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xotinining orqasiga yaqinlik qilgan kimsa
mal’undir», dedilar (Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dod solib yig‘lovchi va uni tinglovchi ayolni
la’natlaganlar (Abu Dovud rivoyati).
O‘g‘ri ham la’natlangandir.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh o‘g‘rini la’natlagandir: u bitta tuxumni
o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi, arqon o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi», deganlar.
Oisha roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sahobalarimni so‘kmanglar. Sahobalarimni so‘kkan kimsani Alloh la’natlasin», dedilar»
(Tabaroniy rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga
taqlid qiladigan erkaklarni va erkaklarga o‘zlarini o‘xshatadigan ayollarni hamda sahroga
yolg‘iz safar qilgan kishini la’natlaganlar» (Ahmad rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarini
ayollarga o‘xshatadigan erkaklarni va o‘zlarini erkaklarga o‘xshatadigan ayollarni
la’natlaganlar» (Buxoriy va boshqalar rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollar
kiyimini kiyadigan erkakni va erkaklar kiyimini kiyadigan ayolni la’natlaganlar» (Abu
Dovud rivoyati).
Huzayfa ibn Usayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi
vasallam: «Musulmonlarga yo‘llarida ozor beradigan kimsaga ularning la’nati vojib
bo‘ladi», deganlar (Tabaroniy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki birodariga temir parchasi bilan ishora qilsa,
to (bu harakatidan) to‘xtamagunicha, farishtalar unga la’nat aytib turishadi. Garchi u ota
bir yoki ona bir akasi bo‘lsa ham», deganlar (Muslim rivoyati).
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Ribo yeyuvchi va yediruvchi (agar
uning ribo ekanini bilishsa), guvohlari, badaniga naqsh soluvchi va soldiruvchi ayollar,
zakotini bermaydigan kimsa, hijratdan keyin a’robiylikka qaytgan kimsalar qiyomat kuni
Muhammad sollallohu alayhi vasallam tilida la’natlanurlar» (Ibn Huzayma rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonlar himoyasi bir xil bo‘lib,
ularning eng oddiyi ham bunga harakat qila oladi. Kimki bir musulmonni yordamsiz
tashlab qo‘ysa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lur.
Qiyomat kunida Alloh undan na farz, na nafl ibodatlarini qabul qilur. Va yana kimki
otasidan boshqa kimsani «otam» deb iddao qilsa yoki xo‘jayinidan boshqa kimsaga o‘zini
mansub deb bilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati bo‘lur,