www.ziyouz.com kutubxonasi
95
Hibbon, Hokim rivoyati).
Mazkur hadisi sharifning yana bir rivoyatida: «Ular orasini kelishtiruvchi – dallolni ham
la’natlaganlar», deyilgan.
Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ayol va qizi
orasini jamlagan (ya’ni, ikkalasini ham nikohiga olgan) kimsa mal’undir», dedilar
(Tabaroniy rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Oldimga Jabroil kelib: «Ey Muhammad,
albatta, Alloh xamrni, uning siquvchisini, siqdiruvchisini, ichuvchisini, ko‘tarib
keluvchisini, ko‘tarib keltiruvchisini, sotuvchisini, sotib oluvchisini, quyuvchisi va
quydiruvchisini la’natlagandir», dedi» (Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).
Abu Juhayfa roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam it
daromadi va qon daromadidan qaytardilar. Badaniga naqsh soluvchi va naqsh solingan
ayollardan hamda foiz yeyuvchi va yediruvchi kimsalardan qaytardilar hamda
musavvirlarni la’natladilar» (Buxoriy rivoyati).