Alloh taolo aytadi:
«(Ey inson), Parvardigoring sizlarga yolg‘iz Uning o‘ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar u ikkovidan biri yoki har ikkisi sening qo‘l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so‘zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so‘z ayt! Ular uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – xokisor bo‘l va: «Parvardigorim, meni (ular) go‘daklik chog‘imdan tarbiyalab-o‘stirganlaridek, Sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil)!» (Al-Isro surasi,
23–24).
Farzand hamisha ota-ona xizmatiga tayyor turishi lozim. Chunki ular farzandining
xizmatini qoyillatib qilishgan. Shuningdek, ular farzand kamoli, unib-o‘sishi – hayotini
umid qilib uning qiliqlariyu ozorlarini ko‘tarishgan. Farzand esa, garchi ular ozoriga sabr
qilsa ham, bu ularning o‘limigacha davom etadi, xalos. Qay birining haqi-xizmati ulug‘
ekaniga o‘zingiz baho bering.
«(Biz insonga buyurdikki): «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Yolg‘iz o‘zimga
qaytajaksan!» (Luqmon surasi, 14).
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Uch oyat uch narsaga bog‘liq bo‘lib tushgan.
Ularning biri sherigisiz qabul qilinmaydi.