Muayyan, ma’lum bir shaxsni nomlamay, gunohkorlarni la’natlash joizligi xususida
Alloh taolo aytadi:
«Ogoh bo‘lingizkim, bunday zolimlarga Allohning la’nati bo‘lur» (Hud surasi,
18).
«So‘ngra Allohga tazarru bilan iltijo qilaylik-da, yolg‘onchilarni Alloh la’nat qilishini so‘raylik» (Oli Imron surasi, 61).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ribo yeyuvchini, yediruvchini, kotibini va
guvohlarini la’natlaganlar» (Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh halol qiluvchini ham, halollatuvchini ham
la’natladi», dedilar (Ibn Moja rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soch ulovchi va ulatuvchi, badaniga naqsh soluvchi
va soldiruvchi ayollarni la’natlaganlar (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati).
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Biron bir dardsiz-uzrsiz soch ulovchi va ulatuvchi, qosh
teruvchi va terdiruvchi, badaniga naqsh soluvchi va soldiruvchi ayollar la’natlangan»,
deganlar (Abu Dovud rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzini yuluvchi, yoqasini yirtuvchi va o‘ziga o‘lim
tilovchi ayollarni la’natlaganlar (Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Otasini so‘kkan kimsa mal’undir. Onasini
so‘kkan kimsa mal’undir. Allohdan boshqaga atab jonliq so‘ygan kimsa mal’undir. Yer
chegaralarini o‘zgartirgan kimsa mal’undir. Hayvonga yaqinlik qilgan kimsa mal’undir.
Lut qavmi amalini qilgan kimsa ham mal’undir», dedilar (Imom Ahmad rivoyati).
Nabiy aytganlar: «Ota-onasiga oq bo‘lgan kimsani Alloh la’natladi» (Tabaroniy, Hokim