www.ziyouz.com kutubxonasi
129
nasibasiga, shak-shubhasiz yetishguvchidir: ikki ko‘zning zinosi – qarash, ikki quloqning
zinosi – eshitish, tilning zinosi – so‘zlash, qo‘lning zinosi – ushlash, oyoqning zinosi –
yurib borish, qalb – xohlaydi, farj esa buni tasdiqlaydi yoki inkor etadi» (Buxoriy va
Muslim rivoyati).
Shu sababli ham solih zotlar o‘spirinlarga qarash, ular bilan aralashib yurish va birga
o‘tirishdan qattiq saqlanganlar.
Hasan ibn Zakvon aytganlarki: «Boylarning bolalari bilan majlis qurmanglar (birga
o‘tirmanglar). Zero, ular bokira ko‘rinishga ega bo‘lib, ayollarga qaraganda
fitnakorroqdirlar».
Tobe’inlardan biri aytgan ekan: «Mening nazdimda taqvodor yigit uchun yirtqich
hayvondan ko‘ra yosh o‘spirin xatarliroq». Ba’zilar: «Erkak kishi o‘spirin bilan hech
qachon bir joyda tunamasin», degan ekanlar.
Ayrim ulamolar o‘spirinlarni ayollarga qiyos qilib, ular bilan uy, do‘kon yoki hammomda
holi qolishni harom deb hisoblaganlar. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
aytgan edilarki: «Birontangiz mahrami hozir bo‘lmagan ayol bilan xoli qolmangiz»
(Muttafaqun alayh).
Xabarlardan aytilishicha, nazar – zinoning elchisidir.
Nazar iblisning zaharli paykonlaridan bir paykon bo‘lib, kimki uni Alloh uchun tark etsa,
unga shunday ibodatni beradiki, u qalbida ibodat halovatini tuyadi.
Islom ummati quli bilan shu nopok ishni qilgan kimsa ham bachchavoz, gunohkor
bo‘lishiga ijmo’ qilgan.
Fasl
Xolid ibn Valid chekka arab yerlarida ayol singari erga tegadigan bir kishini uchratganini
Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga xabar qildi. Abu Bakr roziyallohu anhu
maslahatlashish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashoblarini to‘pladilar.
Shunda Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Bu gunohni faqatgina bir ummat sodir
etgan. Alloh ularni qanday jazolaganini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Uni yoqib yuborish kerak,
deb o‘ylayman», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ashoblari bu fikrni
ma’qulladilar. Abu Bakr roziyallohu anhu uni yoqib yuborishni buyurdilar» (Bayhaqiy
rivoyati).
Ali roziyallohu anhu aytgan ekanlar: «Kimki xohish bilan o‘ziga yaqinlik qilishlariga
imkon bersa, Alloh unga ayollar shahvatini tashlaydi va uni qabrida qiyomat kunigacha
toshbo‘ron qilib haydalgan shaytonga aylantirib qo‘yadi».
Rivoyat qilishlaricha, Iso ibn Maryam alayhissalom sayohatlari davomida olovda
kuyayotgan bir kishini ko‘rib qoldi. Iso alayhissalom suv olib olovni o‘chirmoqchi
bo‘lganlarida olov bolaga, kishi esa olovga aylanib qoldi. Bundan hayratlangan Iso
alayhissalom: «Ey Rabbim, ularni dunyodagi holiga qaytar, toki ularga nima bo‘lganini
so‘rab olayin», deb duo qildilar. Alloh taolo ularni tiriltirdi. Ular bir kishi va bir bola ekan.