www.ziyouz.com kutubxonasi
130
Iso alayhissalom ulardan: «Sizlar nima qilgansizlar?» deb so‘ragan edilar, haligi kishi:
«Ey Ruhulloh, men dunyoda bu bolaga oshiqu beqaror bo‘lganman. Shahvatim qo‘zib, u
bilan buzuqlik qilganman. Ikkimiz ham o‘lganimizdan beri bir safar bola olovga aylanib
meni kuydiradi, bir safar men olovga aylanib bolani kuydiraman. Qiyomat kuniga qadar
biz shunday azoblanamiz», deya javob berdi.
Allohning O‘zi azobiga duchor bo‘lishimizdan saqlasin. U zotdan afv va ofiyat hamda O‘zi
rozi bo‘ladigan, yaxshi ko‘radigan amallarga muvaffaq etishini so‘raymiz.