«Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girmagin va yerda kibru havo bilan yurmagin. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas» (Luqmon surasi, 18).
Ya’ni, Alloh taolo o‘zini boshqalardan ustun qo‘yadigan, hech kimni mensimaydigan,
gerdayib yuradigan va maqtanchoq kimsalarni yoqtirmaydi.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «To‘piqdan pastga tushgan izor
(ishton) olovdadir» (Buxoriy rivoyati).
(Izoh: Bu o‘rinda e’tibor beriladigan muhim jihat shim pochasining to‘piqdan pastga
tushirib yurish emas, balki kibr qilmaslikdir. Bir zamonlarda izorni sudrab kiyish
kiborlarga xos illat bo‘lgan. Keyinchalik esa, kibr alomatlari ko‘payib ketdi. Hatto, kishilar
pochasini to‘pig‘idan balandga ko‘tarib olgani bilan boshqalarga manmanlik qiladigan
bo‘ldi. Quyida keltirilayotgan hadislar, xususan, Abu Bakr roziyallohu anhuning Nabiy
alayhissalomga izorlari tushib ketayotganidan shikoyat qilganlari va Rasuli akramning:
«Siz bu ishni manmanlik bilan qiladiganlardan emassiz», deganlari izorning to‘piqdan
pastga tushirmaslikdan asl murod kibr qilmaslik ekanini ochiq ayon qiladi. – Muharrir.)
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Alloh izorini takabburlik bilan sudrab yurgan kimsalarga qiyomat kunida